Amerika Donetsk va Luganskda o’tkazilgan saylovlarni qoraladi

Oq Uydan qilingan yozma izohda, “Sohtakorlik” deb baholangan saylovlarning Ukraina Konstitutsiyasiga hilof ekani qayd etildi.

180432
Amerika Donetsk va Luganskda o’tkazilgan saylovlarni qoraladi

Amerika Qo’shma Shtatlari Rossiya tarafdori bo’lgan bo’lginchilar tomonidan Donetsk va Luganskda o’tkazilgan prezidentlik va parlament saylovlarini qoraladi.
Bu saylovlar noqonuniy ekanini bildirdi.
Oq Uydan qilingan yozma izohda, “Sohtakorlik” deb baholangan saylovlarning Ukraina Konstitutsiyasiga hilof ekani qayd etildi.
Rossiya va bo’lginchi tarafdorlar bundan oldin Ukraina qonunlari doirasida mahalliy saylov o’tkazilishini nazarda tutgan Minsk protokoliga xurmat ko’rsatishlarini ma’lum qilgan edi.
Lekin bu saylovni o’tkazish bilan mazkur protokol qoidalari oyoq osti qilingani ma’lum qilindi.
Bundan tashqari Oq Uy rahbariyati, Ukraina chegarasiga rus harbiylarning joylashtirgani haqidagi xabarlardan bezovta ekanini bildirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar