Angliya Afg'onistondagi harbiy bazasini topshirdi

Angliya Mudofaa vaziri Michael Fallon:"Tolibon to’liq mag’lub qilinmadi, lekin bugundan e’tiboran mamlakatdagi xavfsizlikni ta’minlash yo’lida barcha mas’uliyat afg’on xavfsizlik kuchlarida bo’ladi”-dedi.

172261
Angliya Afg'onistondagi harbiy bazasini topshirdi

Angliya Afg’onistonda joylashgan so’ngi harbiy bazasini ham Afg’on xavfsizlik kuchlariga topshirishi bilan bu davlatdagi xizmatini yakunladi.
Angliya Mudofaa vaziri Michael Fallon matbuotga bergan bayonotida, ingliz harbiylari Afg’onistonning yana ham porloq kelajakka erishishi uchun qo’lidan kelgancha g’ayrat ko’rsatganini bildirib, “Tolibon to’liq mag’lub qilinmadi, lekin bugundan e’tiboran mamlakatdagi xavfsizlikni ta’minlash yo’lida barcha mas’uliyat afg’on xavfsizlik kuchlarida bo’ladi”-dedi.
Angliya Afg’onistondagi davlat strukturasini shakllantirishga hissa qo’shishini ifoda etgan Fallon, Afg’onistonning ravnaqi uchun yordam ko’rsatishini bildirdi.
Angliyaning 2006 yildan beri Afg’onistonning Helmand viloyatida joylashgan harbiy bazasida kecha o’tkazilgan marosimda Birlashgan Qrollik bayrog’i tushirildi.
2001 yildan beri Afg’onistonda 453 nafar ingliz askari halok bo’ldi.
13 yil ichida 140 ming ingliz askari xizmat ko’rsatgan Afg’onistondagi harbiy amaliyotlarga Birlashgan Qrollik 19 milliard sterlin mablag’ ajratdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar