Donetskdagi ximiya zavodida portlash sodir bo'ldi

Ukraina hukumati mazkur zavodda ishlab chiqarilgan ximiyaviy bombalar portlashga sabab bo’lganini ma’lum qildi.

165755
Donetskdagi ximiya zavodida portlash sodir bo'ldi

Ukraina sharqida Rossiya tarafdorlari nazoratida bo’lgan Donetsk shahrida ulkan portlash sodir bo’ldi.
Portlash shaharda katta vahimaga sabab bo’ldi.
Shaharga tahminan 6 km masofada joylashgan ximiya zavodida yuzaga kelgan portlash oqibatida atrofdagi binolarning derazalari sindi va ba’zi uylarda jiddiy zarar yuzaga keldi.
Rossiya tarafdorlari Ukraina Qurolli kuchlariga tegishli bir roketa bu portlashga sabab bo’lganini ilgari surmoqda.
Bunga e’tiroz bildirgan Ukraina hukumati esa, zavodda ishlab chiqarilgan ximiyaviy bombalar portlashga sabab bo’lganini ma’lum qildi.
Bu portlash hududda tomonlar o’rtasida tuzilgan sulh bitimini ham xavf ostiga qo’ydi.
Rossiya tarafdorlari bir tomonlama e’lon qilingan sulh muddati tugaganini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar