Amerika İroqda 17 nafar İSHİD jangarisini o’ldirdi

Musuldagi El-Jumhuri kasalxonasi doktorlaridan Velid Casimning aytishicha, Amerika samolyotlari tomonidan Zummar nohiyasi yaqinlarida sodir qilingan havo hujumlaridan so’ng, kasalxonaga 17 İSHİD jangarisining jasadi bilan 26 yarador keltirilgan.

162595
Amerika İroqda 17 nafar İSHİD jangarisini o’ldirdi

Amerika boshchiligida tashkil qilingan xalqaro koalitsiya tomonidan İroqda yuritilgan havo harbiy amaliyotlari paytida 17 nafar İSHİD jangarisi o’ldirildi, 26 jangari yaralandi.
Musuldagi El-Jumhuri kasalxonasi doktorlaridan Velid Casimning aytishicha, Amerika samolyotlari tomonidan Zummar nohiyasi yaqinlarida sodir qilingan havo hujumlaridan so’ng, kasalxonaga 17 İSHİD jangarisining jasadi bilan 26 yarador keltirilgan.
Diyala viloyatiga qarashli Bakuba hududida joylashgan Et-Taye qishlog’iga sodir qilingan havo hujumlari paytida esa, 28 nafar İSHİD jangarisi o’ldirildi.
İroqda İSHİD terror tashkiloti boshchiligidagi qurolli guruhlar iyun oyida Musul va boshqa ba’zi hududlarning nazoratini qo’lga olgandan beri İroq qo’shini bilan jangarilar o’rtasida kuchli jang ketmoqda.
Amerika boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaga tegishli jangovar samolyotlar İSHİD nazoratida bo’lgan hududlarni havodan portlatmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar