Ukrainaning yangi Mudofaa vaziri general Stepan Poltorak...

Ukraina Parlamenti general Stepan Poltorakni Ukrainaning Mudofaa vaziri etib tayinlash to’g’risidagi qarornomani tasdiqladi.

156806
Ukrainaning yangi Mudofaa vaziri general Stepan Poltorak...

General Stepan Poltorak Ukrainaning yangi Mudofaa vaziri etib tayinlandi.
Ukraina Parlamenti general Stepan Poltorakni Ukrainaning Mudofaa vaziri etib tayinlash to’g’risidagi qarornomani tasdiqladi.
Poltorakning Mudofaa vaziri bo’lishi uchun 245 deputat ovoz berdi.
Poltorak fevral oyida Viktor Yanukovichning mamlakatni tark etishidan so’ng tayinlangan 4-Mudofaa vaziri hisoblanadi.
Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko yakshanba kuni sobiq Mudofaa vaziri Valeriy Geleteyning iste’fosini qabul qilgach, darhol Poltorakning nomzodini ko’rsatgan edi.
Stepan Poltorak 30 yillik harbiy xizmati mobaynida starshina pog’onasidan Ukraina Jandarm Kuchlari komondoni lavozimigacha ko’tarilgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar