Ukraina Mudofaa vaziri o’z vazifasidan iste’fo etdi

Ukraina Prezidenti Poroshenko Mudofaa vaziri Valeriy Geleteyning iste’fo arizasini qabul qildi.

155495
Ukraina Mudofaa vaziri o’z vazifasidan iste’fo etdi


Prezidentlik matbuot markazi ma’lum qilishicha, Prezident Petro Poroshenko Valeriy Geleteyning o’z vazifasidan iste’fo etganiga doir arizani tasdiqlagan.
Poroshenkoning yangi mudofaa vazirini saylashga doir taklifini parlamentga havola qilishi kutilmoqda.
Poroshenko mudofaa vazirini almashtirishning vaqti yetib kelganini tilga olgan edi va seshanba kuni o’tkaziladigan parlament yig’ilishida o’zi taklif qiladigan yangi mudofaa vazirining tayinlanishidan umidvor ekanini tilga olgan edi.
Bundan tashqari, Mudofaa vaziri, Davlat chegara xavfsizlik xizmati rahbari va qurolli kuchlar tarkibidagi ba’zi kadrlarning o’rnini almashtirish bilan milliy xavfsizlikdan mas’ul komitetning tuzilishi hamda komitetga İgor Smeshkoning tayinlanishi Davlat qurolli kuchlarining mustahkamlanishiga va mamlakat mudofaasining kuchayishiga xizmat qilishini ifoda etdi.
Mudofaa vaziri etib tayinlanishiga doir Prezident Poroshenko tomonidan imzolangan qarornomaning 3 iyulda parlamentda tasdiqlanishi ortidan Valeriy Geletey lavozimni qabul qilib olgan edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar