Ukraina Prezidenti Poroshenko Shimoliy Amerikadan yordam kutmoqda

Ukraina Prezidenti Poroshenko Kanadadan 200 million Kanada dollari qiymatida 5 yillik kredit oldi.

130832
Ukraina Prezidenti Poroshenko Shimoliy Amerikadan yordam kutmoqda


Ukraina sharqida sulh bitimini oyoq osti qilish holatlari davom etmoqda.
Shu sababli Ukraina hukumati Rossiyaga qarshi g’arb davlatlardan yordam kutmoqda.
Rossiya tarafdorlari bilan sulh bitimi tuzganiga qaramasdan, Rossiyadan xavotirda bo’lgan Ukrainaning g’arb tarafdori Prezidenti Poroshenko Shimoliy Amerikadan yordam kutmoqda.
Poroshenko Kanada tomonidan qo’llab quvvatlandi.
Kanada Bosh vaziri Stephen Harper Rossiyaning qilmishini qoraladi va Ukrainaning tuproq yaxlitligi tarafdori ekanini bildirdi.
Petro Poroshenko ham Kanadaning qo’llab quvvatlovi muhim ekanini tilga oldi.
Poroshenkoning safari chog’ida Ukraina Kanadadan 200 million Kanada dollari qiymatida 5 yillik kredit oldi.
So’ngra Amerikaga jo’nab ketgan Poroshenkoning Amerika Prezidenti Barack Obama bilan uchrashishi kutilmoqda.
Qolaversa, Ukraina inqirozidagi ro’li tufayli g’arb tomonidan iqtisodiy sanksiyalarga duchor bo’lgan Rossiya Yevropa İttifoqi bilan Amerikani yana bir marta tanqid qildi.
Vladimir Putin g’arb tomonidan berilgan sanksiyalar Jahon tijorat tashkiloti prinsiplariga teskari ekanini ma’lum qildi.
Ukraina Parlamentida mamlakat sharqiga maxsus mavqe berilishini o’z ichiga olgan qonunning tasdiqlanishi bilan mintaqada turli fikrlar olg’a surilmoqda.
Mazkur qonun to’liq mustaqillik talab qilgan Rossiya tarafdorlarini qoniqtirmaydi.
Donetsk aholisi esa, masala bo’yicha ikkilanmoqda.
Ba’zilari Ukrainaning tuproq yaxlitligini himoya qilar ekan, ba’zilari esa, inqirozdan Ukraina hukumatini javobgar deb topmoqda.
Mamlakat sharqida Ukraina qo’shini bilan Rossiya tarafdori bo’lgan isyonchilar o’rtasidagi to’qnashuvlarda 3000 dan ziyod aholi nobud bo’ldi.
Xozirda Ukrainada ahvol hamon notinch.
Bu vaziyat asosan Qrim tatarlariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Avval bir necha marta bosqinga uchragan Qrim Tatar Milliy majlis binosi xozirda Rus KGBsi tomonidan muhrlab qo’yilgan.
Majlis binosi ichida o’rin olgan Qrim fondiga tegishli ashyolar va xujjatlar olib ketilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar