Saudiya Arabistonda o’tkazilgan yig’ilish o’z nihoyasiga yetdi

Turkiya yig’ilishda olingan qarorlar yozilgan yakuniy bildiruvga imzo qo’ymadi.

122922
Saudiya Arabistonda o’tkazilgan yig’ilish o’z nihoyasiga yetdi

Saudiya Arabistonning Jidde shahrida İSHİD terror tashkilotiga qarshi kurash masalasiga bag’ishlab o’tkazilgan oliy yig’ilish o’z nihoyasiga yetdi.
Yig’ilishga Amerika, Turkiya, Misr, İordaniya va Ko’rfaz davlatlari ishtirok etdi.
Turkiya yig’ilishda olingan qarorlar yozilgan yakuniy bildiruvga imzo qo’ymadi.
Yakuniy bildiruvda “İshtirokchi davlatlar ma’qul ko’rgan taqdirda, İSHİDga qarshi hamkorlikda yuritilgan harbiy tadbiqotga qo’shilish bo’yicha kelishdi” degan ifoda o’rin olgan edi.
Yakuniy bildiruvda İroq Damashq İslom Davlati terror tashkiloti mintaqa va dunyo xavfsizligini tahlikaga solgani qayd etildi.
Bundan tashqari, ishtirokchi davlatlar İroq, Suriya va boshqa dunyoning qayerida bo’lishidan qat’iy nazar İSHİDni bartaraf etish bo’yicha fikr almashgani ma’lum qilindi.
Bu shaklda İSHİDga qarshi kurash Suriya territoriyasini ham o’z ichiga oladi.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu yig’ilishda so’zga chiqib, Turkiyaning bu masala bo’yicha fikr va tushunchalarini tilga oldi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar