Yevropa Rossiyaga sanksiya berish bo’yicha kelisha olmadi

Diplomatik manbalar Rossiya bilan yaqin aloqada bo’lgan İtaliya, Avstriya, Finlandiya kabi davlatlarning Rossiyaga takror sanksiya berish borasida istaksiz yondashganini ilgari surmoqda.

121864
Yevropa Rossiyaga sanksiya berish bo’yicha kelisha olmadi

Yevropa İttifoqi Ukraina sababli Rossiyaga takror sanksiya berish bo’yicha kelisha olmadi.
İttifoqqa a’zo 28 davlat vakillari Rossiyaning neft va bankchilik tarmog’iga mo’ljallangan sanskiyalarning kuchga kirishini qarorlashtirish uchun kecha Bryusselda to’plandi.
Germaniya qarorlashtirilgan mazkur sanksiyalarning darhol kuchga kirishini talab qildi.
Qolgan ba’zi davlatlar esa, Ukrainadagi sulh bitimini sabab qilib ko’rsatib, bu jarayonda biroz kutish tarafdori ekanini ma’lum qildilar.
Lekin, bu davlatlarning nomi zikr etilmadi.
Diplomatik manbalar Rossiya bilan yaqin aloqada bo’lgan İtaliya, Avstriya, Finlandiya kabi davlatlarning Rossiyaga takror sanksiya berish borasida istaksiz yondashganini ilgari surmoqda.
Vakillar bugun sanksiyaning kuchga kirishini qarorlashtirish maqsadida takror to’planadi.
Rossiyaga qarashli “Gazprom”, “Rosneft”, “Transnet” kabi neft shirkatlari bilan mudofaa sano’ati mahsulotlarini ishlab chiqargan rus shirkatlarining ba’zi davlat banklari va shahslar bilan aloqasini man qilgan yangi sanksiyalarning kuchga kirishi uchun Yevropa İttifoqining rasmiy gazetalarida chop etilishi zarur.
Rossiya esa, bu sanksiyalar evaziga o’ch olish maqsadida tabiiy gaz imkoniyatidan foydalanmoqda.
Polsha Rossiyadan kelgan tabiiy gazda 20% kamayish kuzatilganini bildirdi.
Germaniyaga jo’natilgan tabiiy gaz hajmida ham bir miqdor pasayish kuzatilgani ma’lum qilindi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar