Saudiya Arabistonda terrorga bag’ishlangan yig’ilish o’tkaziladi

Yig'ilishda Amerika, Turkiya, Misr, İordaniya va Ko’rfaz hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar İSHİDga qarshi kurash yo’llarini muhokama qiladi.

121891
Saudiya Arabistonda terrorga bag’ishlangan yig’ilish o’tkaziladi

Bugun Saudiya Arabistonning Jidde shahrida terrorizmga qarshi kurash mavzuiga bag’ishlangan yig’ilish o’tkaziladi.
Yig’ilishga Turkiyadan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu ishtirok etadi.
Amerika, Turkiya, Misr, İordaniya va Ko’rfaz hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar İSHİDga qarshi kurash yo’llarini muhokama qiladi.
Yig’ilishda mintaqadagi terrorizmni qo’llab quvvatlagan radikal kuchlarga qarshi kurash masalasining ham muhokama qilinishi qayd etildi.
AQSh kotibi John Kerry tomonidan o’rtaga tashlangan “İSHİDga qarshi koalitsiya” tuzish taklifining tafsilotlari ham yig’ilish kun-tartibidan joy oladi.
Arab Birligi Tashqi ishlar vazirlari esa yakshanba kuni İSHİD terror tashkilotiga qarshi kurash uchun zarur barcha chora-tadbirlarni olish to’g’risida kelishib olgan edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar