Qohirada Arab Birligi Tashqi ishlar vazirlari to'plandi

Arab Birligi Tashqi ishlar vazirlari İSHİDga qarshi kurash uchun zarur bo’lgan choralarni ko’rish va xalqaro, mintaqaviy hamda mahalliy imkoniyatlar bilan hamkorlik qilish bo’yicha kelishib oldi.

117921
Qohirada Arab Birligi Tashqi ishlar vazirlari to'plandi

Misrning poytaxti Qohirada Arab Birligi Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Arab Birligi Bosh kotibi Nebil Arabiy yig’ilishda so’zga chiqib, İSHİDning İroqdagi faoliyati faqatgina davlat siyosatiga emas, balki İroq va boshqa davlatlarning tinchligiga raxna ekanini aytib o’tdi.
Arabiy İSHİDga qarshi harbiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan kurashish uchun oshkora va aniq qaror olishga chaqirdi.
Shuningdek, İSHİDga qarshi harbiy hujumning Arab Birligi qoshidagi mushtarak mudofaa sistemasi himoyasida amalga oshirilishini bildirdi.
Yig’ilish yakunida Arab Birligi Tashqi ishlar vazirlari İSHİDga qarshi kurash uchun zarur bo’lgan choralarni ko’rish va xalqaro, mintaqaviy hamda mahalliy imkoniyatlar bilan hamkorlik qilish bo’yicha kelishib oldi.
Yig’ilishda so’zga chiqqan Suriya Muholif va inqilobchi kuchlar milliy koalitsiyasi rahbari Hadi El-Bahra Suriya Davlat rahbari Beshar Asadni boshqaruvdan ketishga majburlaydigan qarorlar olishga chaqirdi.
Arab Birligi Tashqi ishlar vazirlari davr rahbari Movritaniya Tashqi ishlar vaziri Ahmed Veled Teguedi Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbasning Hamas haqidagi fikrlari sababli matbuotga yopiq ravishda muhokama o’tkazdi.
Abbas bu muhokama oldidan Misr Davlat rahbari Abdulfettah Es-Sisi bilan uchrashdi.
Tahminan 90 daqiqa davom etgan uchrashuvda, ikki davlat o’rtasidagi aloqalar bilan bir qatorda, G’azoda yuz bergan hodisalar va İsroil bilan Falastin o’rtasidagi muzokaralarni takror yo’lga qo’yish kabi mavzular muhokama qilindi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar