Medvedev: "Rossiya havo maydonini yopishi mumkin"

Medvedev, g’arb davlatlar bilan Rossiya o’rtasidagi sanksiya jangi Ukrainadagi tanglikni hal qilishga hissa qo’shmasligini, aksincha kurraviy xavfsizlik sistemasini xavf ostiga qo’yishini ilgari surdi.

118138
Medvedev: "Rossiya havo maydonini yopishi mumkin"


Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev g’arb davlatlarning Rossiyaga sanksiya berishi evaziga Rossiya havo maydonini yopishi mumkinligini bildirdi.
Medvedev, “Agar energiya va finans sohamizga qarshi sanksiya beriladigan bo’lsa, biz bunga qarshi javob berishga tayyormiz”-dedi.
G’arb davlatlarga tegishli havo yo’li shirkatlari Rossiya havo maydonidan foydalanmagan taqdirda, inqirozga uchrashini ilgari surgan Medvedev, vaziyat bundan ham salbiy tus olishi tarafdori emasligini tilga oldi.
Medvedev: “G’arblik hamkorlarimizning buni tushunib yetishlarini xohlaymiz”-dedi.
Medvedev, g’arb davlatlar bilan Rossiya o’rtasidagi sanksiya jangi Ukrainadagi tanglikni hal qilishga hissa qo’shmasligini, aksincha kurraviy xavfsizlik sistemasini xavf ostiga qo’yishini ilgari surdi.
Yevropa İttifoqi Rossiyaga tegishli Gazprom va boshqa taniqli shirkatlarni sanksiya ro’yxatiga oldi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar