İroqda yangi hukumat tuzilmoqda

Hukumatni tuzish vazifasini yuritgan Haydar El-İbadiy rahbarligidagi yangi vazirlar kengashi bugun e’lon qilinadi.

118002
İroqda yangi hukumat tuzilmoqda

İroqda yangi hukumatni tuzish faoliyatlari o’z nihoyasiga yetdi.
Hukumatni tuzish vazifasi topshirilgan Haydar El-İbadiy rahbarligidagi yangi vazirlar kengashi bugun e’lon qilinib, ishonch ovozi beriladi.
İroq konstitutsiyasiga ko’ra, hukumatning 30 kun ichida tuzilishi kutilmoqda.
İroq Majlisidan qilingan izohda, Haydar El İbadiy boshchiligidagi yangi vazirlar kengashi bugun majlis yig’ilishida e’lon qilinishi va ovozga qo’yilishi qayd etildi.
İroqning sobiq bosh vaziri Nuri Al Malikiy boshchiligidagi Qonun davlati koalitsiyasi 30 aprelda o’tkazilgan umumiy saylovlarda 92 o’rinni egallagan edi.
Lekin Prezident Fuat Masum İroq Milliy Shiya ittifoqi tomonidan nomzod qilib ko’rsatilgan Parlament rais o’rinbosari Haydar El-İbadiyga hukumatni tuzish vazifasini topshirgan edi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar