Obama:"İroqda İSHİD jangarilariga qarshi kurash ketmoqda"

Amerika Prezidenti Barack Obama Oq Uyda matbuot anjumani o’tkazdi.

95709
Obama:"İroqda İSHİD jangarilariga qarshi kurash ketmoqda"

İSHİD jangarilarining Shimoliy İroq tomon harakati to’xtatildi, ishg’ol qilingan Musul suv ombori qaytarib olindi.
Amerika Prezidenti Barack Obama matbuot anjumanida bu xaqda ma’lumot berdi.
Obama mahalliy kurt jangchilari va İroq qo’shini bilan hamkorlikda ish yuritilganiga e’tibor qaratib, bu kelajakni o’ylab tashlangan qadam ekanini tilga oldi.
Oq Uyda matbuot anjumani o’tkazgan Obama Amerika kuchlarining qo’llab quvvatlovi bilan Musul suv omborining nazorati İroq qo’shini nazoratiga o’tganini, havo hujumlari natijasida İSHİD jangarilarining Shimoliy İroqdagi harakati to’xtatilganini anglatdi.
İSHİDga qarshi kurashda ba’zi qiyinchiliklar yuzaga kelganiga e’tibor qaratgan Obama, bu jarayon uzoq vaqt olishini, lekin xozircha harbiy kurash davom etishini bildirdi.
İroq xalqiga yordam masalasiga to’xtalgan Obama, Angliya, Kanada, Fransiya, İtaliya va Avstraliya bilan hamkorlikda İroq xalqini oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlashini bildirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar