Musuldagi suv ombori İSHİD terroristlari qo'lidan tortib olindi

İSHİD terror tashkiloti İroqning shimolida elektr va suv ehtiyojini ta’minlagan Musul suv omborining eshiklarini ochib atrofdagi shaharlarda suv bosqini yaratish bo’yicha ogohlantirgan edi.

94396
Musuldagi suv ombori İSHİD terroristlari qo'lidan tortib olindi

İroq uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan Musuldagi suv ombori İSHİD terror tashkilotidan mahalliy jangchilar qo’liga o’tdi.
Mamlakatning eng katta suv omborini terroristlar qo’lidan tortib olishda Amerika qo’shining havodan qo’llab quvvatlagani katta ro’l o’ynadi.
Amerika jangovar samolyotlari İSHİDga tegishli 19 vositani havodan portlatdi.
İSHİD terror tashkiloti asosan, İroqning shimolida elektr va suv ehtiyojini ta’minlagan Musul suv omborining eshiklarini ochib atrofdagi shaharlarda suv bosqini yaratish bo’yicha ogohlantirgan edi.
İroqning sobiq tashqi ishlar vaziri kurt siyosatchi Ho’shyar Zebariy navbatdagi reja Ninovani qaytarib olib, bu hududdagi etnik guruhlarning qaytishini ta’minlash ekanini tilga oldi.
İroqda xozirgacha İSHİD xavfi sababli 1 million 200 ming aholi uylarini tashlab qochishga majbur bo’ldi.
İroqlik kurtlar İSHİDga qarshi kurashish uchun qurolga ehtiyoji borligini bildirib, g’arb davlatlardan yordam talab qildi.
Oxirgi paytlarda, İroq qo’shini qo’ldan boy bergan ba’zi hududlarni Amerikaning yordami bilan qaytarib olgan mahalliy jangchilarga qurol berilishi esa, savol tug’dirmoqda.
İSHİDni bartaraf etish uchun amalga oshiriladigan bunday tashabbus mahalliy jangchilarni yanada kuchlantirib, İroq tarkibida yana bir barqarorsizlikni keltirib chiqarishi mumkinligi xaqida mulohaza qilinmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar