İroqda İSHİD zulmidan qochgan aholi uchun turar-joy ta’minlandi

BMT, Shimoliy İroq Mintaqaviy kurt boshqaruvi va Turkiyadan Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi İroqda İSHİD terror tashkilotining zulmidan qochgan aholiga boshpana berdi.

94649
İroqda İSHİD zulmidan qochgan aholi uchun turar-joy ta’minlandi

BMT, Shimoliy İroq Mintaqaviy kurt boshqaruvi va Turkiyadan Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi İroqda İSHİD terror tashkilotining zulmidan qochgan aholi uchun turar-joy ta’minladi.
Jabrlangan İroq aholisi chodirlarga kelib joylasha boshladi.
Zaho tumani yaqinlarida joylashgan Derabun qishlog’ida 200 gektarlik maydonga qurilgan chodirlar 100 ming kishiga mo’ljallangan.
Hanke hududiga qurilgan chodirlarga İSHİD terroristlaridan qochgan aholi qabul qilina boshladi.
Qolaversa, bunga o’xshash yana ba’zi hududlarga chodirlar o’rnatiladi.
BMT Qochqinlar oliy komissariyatining Xalqaro huquq maslahatchisi Erdog’an Kalkan, bu aholiga Mintaqaviy kurt boshqaruvi bilan BMTning yordamlari yetarli emasligini bildirib, boshqa xalqaro tashkilotlar va ba’zi davlatlar ham yordam berishi kerakligini ilgari surdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar