Liviya parlamentiga yangi rahbar saylandi

Parlamentga rahbar etib tayinlangan Ageila Salih Eissa o’tmishda Kaddafiy tarafdori bo’lganlikda ayblangan edi.

81195
Liviya parlamentiga yangi rahbar saylandi

Liviyada parlament rahbari saylandi.
Liviyada to’qnashuvlar sababli Tobruk shahrida to’plangan parlament yangi rahbarini saylashga muvaffaq bo’ldi.
Huquq sohasi bo’yicha faoliyat ko’rsatgan Ageila Salih Eissa parlamentga rahbar etib tayinlandi.
Eissa Kaddafiy rejimi to’ntarilgandan so’ng, saylangan 3-parlament rahbari bo’ldi.
Muholifat Eissani o’tmishda Kaddafiy tarafdori bo’lganlikda ayblagan edi.
O’tgan iyun oyida o’tkazilgan saylovda ko’p o’rinni egallay olmagan muhofazakor partiya parlamentga qatnashmadi.
Xavfsizlik tadbirlari kuchaytirilgan holda o’tkazilgan yig’ilishga 188 deputatdan faqatgina 158 nafari qatnashdi.
Liviyaning Bingazi va Tripoli shaharlarida qurolli jangarilar o’rtasidagi to’qnashuvlar hamon davom etmoqda.
Sobiq general Haftar Bingazidan Misrga qochib ketganligi xaqidagi mish-mishlarni inkor etib, katta hujumga tayyorgarlik ko’rsayotganini ma’lum qildi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar