Isroil, 24 kundir G’azaga bomba yog’dirmoqda.

Kecha eng qonli kunlaridan birini o’tkazgan G’aza, bugun ertalab yangi hujumlarga mo’ljal bo’ldi.

75402
Isroil, 24 kundir G’azaga bomba yog’dirmoqda.

Isroil, 24 kundir G’azaga bomba yog’dirmoqda.
Kecha eng qonli kunlaridan birini o’tkazgan G’aza, bugun ertalab yangi hujumlarga mo’ljal bo’ldi.
Isroil qo’shini, G’azadagi Falastinliklarga oid o’tiroq joylari, dala va bir jomeni nishon olgan hujumda yaralanganlar mavjud.
Isroil qo’shini, Hamas boshqaruv markazlarini, raketa va o’q- dori omborlarini mo’ljal qilib olganlarini izoh etdi.
Oxirgi 24 soatda, bir bozor joyiga va boshpana sifatida qullanilgan BMTga oid bir maktabga qilingan hujumda, ichlarida bola va ayollar ham bo’lgan 129 kishi halok bo’ldi, 460 kishi tan jarohati oldi.
Maktab hujumida BMT Bosh Kotibi Ban Ki Mundan qattiq norozichilik keldi.
“ O’xlab yotgan bolalarga hujum qilishdan yana uyot beruvvchi bir narsa bo’la olmas” degan Ban, hujumlar ayovsiz va ma’noszi” ekanini bildirdi.
O’zgarishlar sababli Falastin Boshqaruvi Rahbari Mahmud Abbas, G’azani ofat hududi” e’lon qildi.
Abbas, BMT Bosh Kotibiy Banga yuborgan maktubda, xalqaro jamiyatchilikdan ham o’z ma’suliyatini o’z zimmasiga olib, insoniy tanglik sodir bo’lgan G’azada Falastinliklarning ehtiyojini va xavfsizligini ta’min etishga chaqirdi.
Abbas, alohida hujumlardan qochgan qochqinlarga xavfsiz ravishda qoladigan yerlar ta’minetib, oziq- ovqat, ichimlik suv va dori- darmon ta’min etishlarini istadi.
Buning bilan birgalikda, shifoxonada muolaja bo’layotdag 2 nafar Falastinlik hayotdan ko’zyumdi shunday qilib, Isroil, G’aza 7 İyuldan buyon davom etgan hujumlaritda qurbon bo’lgan Falastinliklar soni bir ming 360dan ziyod, 7 ming 600dan ziyod kishi yaralandi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar