Fransiyaning poytaxti Parijda favqulodda yig'ilish o'tkazildi

Yig’ilishda Falastinda doimiy sulh bitimini ta’minlash uchun ishtirokchi davlatlarning imkoniyatlarini safarbar qilish bo’yicha kelishib olindi.

72176
Fransiyaning poytaxti Parijda favqulodda yig'ilish o'tkazildi

Kecha Tashqi ishlar vazirlari Falastin masalasi bo’yicha Fransiyaning poytaxti Parijda favqulodda to’plandi.
Turkiya, Qatar va Amerika Qo’shma Shtatlari bilan bir qatorda, Yevropa İttifoqi, Germaniya, Fransiya, İtaliya va Angliya Tashqi ishlar vazirlari yig’ilish o’tkazdi.
Bo’lib o’tgan yig’ilishda, doimiy sulh bitimini ta’minlash uchun yuritilgan tashabbuslar muhokama qilindi.
Yig’ilishda doimiy sulh bitimini ta’minlash uchun ishtirokchi davlatlarning imkoniyatlarini safarbar qilish bo’yicha kelishib olindi.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu yig’ilishdan so’ng qilgan izohida, “Doimiy sulh bitimi tuzishni maqsad qilyabmiz. Bunga juda yaqin qolgan edik, lekin afsuski bu İsroil tomonidan qabul qilinmadi. Biz umidni qo’ldan boy bermasdan say-harakatlarimizni davom ettiramiz”-dedi.
Fransiya Tashqi ishlar vaziri Laurent Fabius, “Barchamiz Falastinning ijtimoiy- iqtisodiy ravishda o’zini tiklashi, ayni paytda İsroilning talablariga javob beradigan doimiy sulh bitimini darhol ta’minlashni istaymiz”-dedi.
Yig’ilishdan so’ng Ahmet Davutog’lu, AQSh kotibi John Kerry va Qatar Tashqi ishlar vaziri Attiyah Turkiya elchixonasida uchrashib so’ngi vaziyatni muhokama qildi.
Kelgusi hafta tegishli davlatlar ishtirokida masalani hal qilishga doir navbatdagi yig’ilish bo’lib o’tadi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar