Yevropa İttifoqi Eronga tadbiq etgan sanksiya muddatini uzaytirdi

Eronga tadbiq etilgan sanksiyalarni yengillatgan Yevropa İttifoqi bu qarorning muddatini 24 noyabrgacha uzaytirdi.

67142
Yevropa İttifoqi Eronga tadbiq etgan sanksiya muddatini uzaytirdi

Yevropa İttifoqi Eronga tadbiq etgan sanksiya muddatini uzaytirdi.
Eron hukumati bilan BMT xavfsizlik kengashining 5 ta doimiy a’zosi va Germaniya o’rtasidagi atom muzokaralarda shartnoma tuzilgach, Eronga tadbiq etilgan sanksiyalarni yengillatgan Yevropa İttifoqi bu qarorning muddatini 24 noyabrgacha uzaytirdi.
Yevropa İttifoqi tomonidan muddati uzaytirilgan sanksiyalar quyidagicha; Eron hom neftining sug’urtalanishi va naqliyot ishlaridagi cheklovning bekor qilinishi bilan birga, bu davlatning oltin, qimmatbaho toshlar va neft-ximiya mahsulotlari tijoratiga doir ta’qiqning bekor qilinishi va sanksiyalar bilan aloqasi bo’lmagan mablag’ transferidagi normaning ko’tarilishi…
BMT xavfsizlik kengashining 5 ta doimiy a’zosi va Germaniya davlatlari 2013 yilning 24 noyabr kuni Jenevada Eron bilan tuzgan o’tkinchi shartnomaga binoan sanksiyalarni keng ko’lamli yechim tuzilgunicha yengillatgan edi.
20 iyulgacha keng ko’lamli yechim shartnomasi tuza olmagan tomonlar muzokaralarni Jeneva shartnomasi tuzilgan 24 noyabrgacha natijalantirish to’g’risida qaror olgan edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar