BMT xavfsizlik kengashi favqulodda to’plandi

BMT xavfsizlik kengashi bugun İsroilning G’azo hujumini muhokama qildi.

65636
BMT xavfsizlik kengashi favqulodda to’plandi

BMT xavfsizlik kengashi bugun tongi soatlarda İsroilning G’azo hujumini muhokama qilish maqsadida favqulodda to’plandi.
Lekin yig’ilishdan hech qanday natija olinmadi.
İordaniya va to’liq a’zo bo’lmaganiga qaramasdan Falastinning chaqiruvi bilan to’plangan BMT xavfsizlik kengashi Amerikaning veto tahdidi sababli hech qanday qaror qabul qilmadi.
Yig’ilish yakunida matbuotga bayonot bergan BMT xavfsizlik kengashi davr rahbari Ruandaning BMTdagi doimiy vakili Eugene Richard Gasana, “BMT xavfsizlik kengashi hududdagi to’qnashuvlarning avj olishidan va tinch aholining nobud bo’lish holatlari ortishidan havotirda va bu to’qnashuvlarning darhol to’xtatilishini va xalqaro inson huquqiga xurmat ko’rsatilishini talab qilmoqda”-dedi.
Yig’ilishda Misr bilan BMT bosh kotibi Ban Ki Moonning sulh tuzish say-harakatlariga e’tibor qaratilganini tilga olgan Gasana, BMT xavfsizlik kengashi İsroil va Falastin o’rtasida 2012 yilning noyabr oyida tuzilgan sulh bitimiga amal qilishga chaqirganligini bildirdi.
Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi elchi Riyad Mansur esa, BMT xavfsizlik kengashi yig’ilishda hech qanday qaror olmaganidan umidlari puchga chiqqanligini tilga oldi.
Mansur, “Biz hech bo’lmaganda İsroilning hujumlari qoralanishidan umidvor bo’layotgan edik. Lekin kengashda qabul qilingan matbuot bildiruviga ham İsroilning qanchalik xurmat ko’rsatishini kelajak ko’rsatadi”-dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar