Butun dunyoda İsroilga qarshi namoyish o’tkazilmoqda

Fransiya, Chili, Avstraliya, Angliya kabi ko’plab davlatlarda, hatto İsroilda ham G'azo qatliomi qoralanmoqda

65206
Butun dunyoda İsroilga qarshi namoyish o’tkazilmoqda

Butun dunyoda İsroilga qarshi namoyish o’tkazilmoqda.
Fransiya, Chili, Avstraliya, Angliya kabi ko’plab davlatlarda, hatto İsroilda ham begunoh tinch aholini qirishga sabab bo’lgan harbiy harakat qoralanmoqda.
Namoyishlar cheklanishiga qaramasdan davom etmoqda.
G’azoda tinch aholining qatl qilinishiga qarshi chiqqan İsroil xalqi Tel Avivda namoyish o’tkazdi.
Politsiya xodimlari namoyishlar paytida xavfsizlik tadbirlarini kuchaytirdi.
Namoyishchilar otishmalarda begunoh Falastin xalqi nobud bo’layotganidan havotirda ekanini tilga oldilar.
Fransiyada ham Falastinni qo’llab quvvatlash maqsadida namoyish o’tkazildi.
Namoyishlar Parij xokimiyatini man qilishiga qaramasdan davom etdi.
İsroilga qarshi namoyishlarda İsroil bayroqlari yirtib tashlandi, Falastin esa qo’llab quvvatlandi.
Angliya va Shveysariyada ham İsroilga qarshi namoyish o’tkazildi.
Ko’chalarda to’plangan olomon İsroilni G’azoga qarshi ochgan urushni to’xtatishga chaqirdi.
London va Jenevada ham maydonlarda to’plangan minglab namoyishchi mamlakatdagi İsroil mahsulotlarini boykot qilishni talab qildi.
İsroil harbiylarining G’azodagi tinch aholiga hujum qilishi Yevropa İttifoqining poytaxti Bryusselda ham qoralandi.
İsroil vakillari sodir qilgan urush jinoyati tufayli sudlanishini talab qilgan namoyishchilar “Qotil İsroil” deya hayqirdilar.
Falastin Lotin Amerika davlati Chili tomonidan qo’llab quvvatlandi.
Chilida namoyish o’tkazgan xalq G’azodagi tinch aholini o’ldirish holatlarini qoraladi.
Aksariyati talabalardan iborat bo’lgan namoyishchilar Falastin bayrog’ini ko’tarib İsroil elchixonasi oldida to’plandi.
Falastinliklarni Avstraliya xalqi ham qo’llab quvvatladi.
Sidneyda to’plangan minglab namoyishchi İsroilni G’azodagi qatliomni to’xtatishga chaqirdi.
Bosniya-Gersegovina bilan Yamanda ham İsroilning qonli hujumlari qoralandi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar