Isroil G’azaga qarata 5 kundir yuritgan hujumlarda qurbon bo’lga

Isroil, quriqlikdan, havodan va dengizdan G’azaga o’lim yog’dirmoqda.

127120
Isroil G’azaga qarata 5 kundir yuritgan hujumlarda qurbon bo’lga

Isroil G’azaga qarata 5 kundir yuritgan hujumlarda qurbon bo’lganlar soni 120 nafarga yuksaldi.
Bosh Vazir benyamin Netanyahu, xalqaro bosimga qaramasdan hukumlarini davom etirishlarini bildirdi.
Hamas voizi esa boyberiladigan bir narsalarimiz yo’q, oxirgi lahzagacha o’zimizni mudofaa qilamiz dedi.
Isroil, quriqlikdan, havodan va dengizdan G’azaga o’lim yog’dirmoqda.
Kechaki hujumlarida nogironlar muolaja bo’layotgan bir reabilitatsiya markazi bilan 2 jome o’rin olmoqda.
Reabilitatsiya markazida nogiran 2 nafar ayol halok bo’ldi, 4 nafar bola tan jarohati oldi.
G’azaga har 4 yorim daqiqada bir bomba tushmoqda.
Halok bo’lganlar qatorida 5 nafarlik bir oila ham bor.
İsroil Bosh Vaziri Netanyahu, hech bir xalqaro bosim, hujumga to’siq bo’la olmas dedi.
Netanyahu, quriqlik harakati ehtimolini bildirdi.
Misr, G’aza bilan bo’lgan Refah chegara eshigini yopib qo’ygan.
G’azada yaralanganlar soni 900dan ziyod ekan, shifoxona va o’lik xonada joy va dori tanqisligi sodir bo’lmoqda.
Falastinlikar ham Isroilga qarshi raketa hujumlarini davom etirmoqda.
Ashdod shahariga tushgan bir raketa, yoqilg’i tankerini urdi, bir nafari og’ir 8 kishi tan jarohati oldi.
Falastinliklar, Tel Aviv aerportiga raketa otishlari mumkinligini bildirib, xalqar aeroport shirkatlarini ogohlantirdi.
Hamas voizi, “ Isroil hujumlari qarshisida, oxirgi nafasigacha o’zimizni mudofaa qilamiz.” Dedi.
Arab olamining hujumlarga e’tiborsizga qolishini tanqid qilgan voiz, “ Turkiya har vaqt bizni ham iqtisodiy hamda diplomatik ravishda bizni himoya qilgan o’lkalardan bir. Hozir yana himoyalarini kutamiz.” Dedi.
Arab Birligi tashqi ishlar vazirlari, Falastin boshqaruvining chaqirig’i tufayli dushanba kuni Qohirada favqulodda holat bilan yig’iladi.
BMT Xavfsizlik kengashi esa, tinch aholiga qarata hujumlarini qoralagan bir qaror loyihasi ustida faoliyat olib bormoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar