İroqdagi ichki urush tufayli millionlab aholi qochqinga aylandi

İroqning shimolida joylashgan Musul va Erbil hududlari o’rtasida tashkil qilingan qochqinlar lagerida 3 mingga yaqin inson yashash uchun kurashmoqda.

120610
İroqdagi ichki urush tufayli millionlab aholi qochqinga aylandi

İroqdagi ichki urush tufayli uy-joyini tashlab qochgan millionlab aholi mamlakat ichida qochqinga aylandi.
Telafer va Tikritdagi otishmalardan qochgan turkmanlar falokat panjasida.
İroqdagi TRT xodimlari bu safar Khasir lageriga borib, u yerdagi ahvolni ko’zdan kechirdi.
İroqning shimolida joylashgan Musul va Erbil hududlari o’rtasida tashkil qilingan qochqinlar lagerida 3 mingga yaqin inson yashash uchun kurashmoqda.
2 kun ichida yana 500 ga yaqin turkman lagerga kelib joylashdi.
Zero, shimoldagi mintaqaviy kurt boshqaruvi Erbilda muammolarga sabab bo’lishini ilgari surib o’tish yo’llarini to’sib tashladi.
Aholi shimoldagi chegaralarda qiyin ahvolda yashashga harakat qilmoqda.
U yerdagi qochqinlar lagerida turkmanlar ko’pchilikni tashkil qiladi.
Oziq-ovqat tanqisligi va tibbiy kamchiliklar sababli yuqumli kasalliklarning tarqalishidan tashvish qilinmoqda.
Lagerga jo’natilgan insonparvarlik yordamlari yetarli emas.
Asosan chegaralarning yopilishi bilan ahvol yanada salbiy tus olishi tahmin qilinmoqda.
İroq turkman jabhasi yetakchisi Salihiy Kerkukda matbuot anjumani o’tkazib, yuzaga kelgan fojiaga e’tibor qaratdi.
Salihiy turkmanlarning ilma-teshik chodirlarda yo’l chekkalarida yashashga harakat qilganligini, salbiy ahvol tufayli 10 dan ziyod yosh bola nobud bo’lganligini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar