Ukraina hukumati bir tomonlama sulh e'lon qildi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin sulh tuzish rejasini qo’llab quvvatladi.

102933
Ukraina hukumati bir tomonlama sulh e'lon qildi

Ukraina hukumatining bir tomonlama sulh tuzganligini e’lon qilishi bilan Rossiya tarafdorlari qurolli hujumga o’tdi.
Rossiya tarafdori bo’lgan bo’luvchi guruhlar kecha Rossiya chegarasidagi Novoshahtinsk hududidagi xavfsizlik markazlariga qurolli hujum sodir qildi.
3 marta ketma-ket sodir qilingan hujumda 9 nafar Ukraina askari yaralandi.
Rus vakillar Donetsk shahrida bo’luvchi guruhlarning hujumidan qochgan 80 nafar Ukraina askarining Rossiyaga sig’inganligini ma’lum qildi.
Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko tomonidan e’lon qilingan tinchlik rejasi 27 iyungacha sulh e’lon qilinishini va jangarilarning qurollarini tashlashlarini talab qilmoqda.
Mazkur rejada Rossiya chegarasiga 10 kmlik xavfsiz hudud tashkil qilinishi va bo’luvchilarning jazolantirilmasligi o’rin olgan.
Rossiya tarafdori bo’lgan bo’luvchi guruhlar haqiqatdan uzoq ekanligini bahona qilib rejani inobatga olmadi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa, sulh tuzish rejasini qo’llab quvvatladi.
Putin tomonlarni o’zaro harbiy amaliyotlarni to’xtatib, muzokara uchun yuzlashishga chaqirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar