Kecha İroqda 20 turkman jangarilar tomonidan qatl qilindi

Bosqindan so’ng 3 qishloqda yashagan turkmanlar mahalliy jangchilarning nazoratidagi Tuzhurmatu hududiga sig’indi.

100120
Kecha İroqda 20 turkman jangarilar tomonidan qatl qilindi

Kecha İroq Damashq İslom davlati jangarilari Kerkuk yaqinlaridagi turkmanlar yashagan qishloqlarga bostirib kirib, 20 nafar turkmanni qatl qildi.
Tuzhurmatu xokimiyati raisi ma’lum qilishicha, bosqin paytida 2 turkman bedarak yo’qolgan.
Bosqindan so’ng 3 qishloqda yashagan turkmanlar mahalliy jangchilarning nazoratidagi Tuzhurmatu hududiga sig’indi.
Kerkukning 9 km janubidagi turkmanlar yashagan Beshir qishlog’i ham jangarilarning hujumiga uchradi, lekin hujum turkmanlar bilan xavfsizlik kuchlari tomonidan bostirildi.
İroq politsiyasi, qishloqni mudofaa qilishga mahalliy jangchilar ham yordam berganligini, otishmalar paytida jangchilarning boshlig’i yaralanganligini, 6 qo’riqchisi esa, halok bo’lganligini bildirdi.
Musul yaqinlaridagi Telafer tumanida ham to’qnashuvlar davom etmoqda.
İroq qo’shini Telaferning ba’zi mahallalarida nazoratni ta’minlaganligini ilgari surdi.
İroq televideniyasi Telaferga maxsus samolyotlarda İroq askarlari bilan ko’ngilli jangchilarning jo’natilganligini efirga uzatdi.
İroq kurt mintaqaviy boshqaruvi Diyala viloyatidagi Jalula hududida jangarilar bilan mahalliy jangchilar o’rtasida kuchli otishma sodir bo’lganligini bildirdi.
Otishmalar paytida 2 kishi hayotdan ko’z yumgani, 6 jangchining esa yaralangani xabar qilindi.
Turkiya bu qiyin kunlarida İroqdagi turkmanlarga yordam qo’lini uzatdi.
İnsonparvarlik yordamlari hududga yetib bordi.
Turkiya Tabiiy ofat va favqulodda holatlar boshqaruvi AFAD tomonidan jo’natilgan 4 ta yuk mashinasiga to’ldirilgan yordam mahsulotlari Sinjarda yashagan turkmanlarga tarqatildi.
İnsonparvarlik yordamlarini olgan turkmanlar uy-joylarini tashlab qochganligini aytib, Turkiyaga ko’rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Amerika Harbiy bosh shtab raisi Martin Demsey İroq hukumati İroq Damashq İslom davlati jangarilariga havodan hujum qilishni talab qilganligini bildirdi lekin, bu talabga qanday javob berilgani xaqida ma’lumot bermadi.
Demsey “İroq Damashq İslom davlati jangarilariga qarshi bu yerdan turib kurashish milliy xavfsizlik manfaatimizdir”-dedi.
Pentagon vakillari İroq hukumatining istagi bilan hududda xavfsizlik nazoratini kuchaytirganligini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar