Janubiy Koreyadagi kema fojiasining javobgari qidirilmoqda

Xavfsizlik kuchlari 74 yoshdagi kema shirkati rahbari Yoo Byung-Eunni qidirib topish uchun Evangelist cherkovi joylashgan hududga bosqin uyushtirdi.

90988
Janubiy Koreyadagi kema fojiasining javobgari qidirilmoqda

Janubiy Koreyada ikki oy oldin 300 dan ziyod yo’lovchining hayotiga zomin bo’lgan kema fojiasining javobgari qidirilmoqda.
4000 dan ziyod politsiya xodimi 74 yoshdagi kema shirkati rahbari Yoo Byung-Eunni qidirib topish uchun Evangelist cherkovi joylashgan hududga bosqin uyushtirdi.
Bosqin paytida cherkov mansublari politsiya xodimlarining hududga kirishiga to’sqinlik qildi.
Kema egasi Yooni yashirganlikda va bosqin paytida uni qochishiga yordam berganlikda ayblangan 4 kishi qo’lga olindi.
Evangelist cherkovi Yooni himoya qilganlikda ayblanmoqda.
Janubiy Koreya vakillari fojiadan so’ng chet elga qochganligini tahmin qilin, kema shirkatining egasi Yoo va oilasi ustidan xalqaro miqyosda qidiruv e’lon qilgan edi.
Xalq o’rtasida katta norozichilikka sabab bo’lgan fojiadan so’ng, Janubiy Koreya Bosh vaziri Chung Hong-Won o’z vazifasidan iste’fo etgan edi.
Kecha fojia paytida kemada xizmat qilgan 15 ekipaj ish joyida suiste’mollik va jinoyat sodir qilganlikda ayblanib sudga topshirildi.
Kema kapitani bilan 3 ekipaj o’lim jazosiga mahkum qilinish talabi bilan sudlanmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar