Donetskda nazorat Rossiya tarafdorlarining qo’liga o’tdi

Hodisalarni havotir bilan kuzatib borgan Ukraina aholisi Donetskdan ketishga tayyorlanmoqda.

70010
Donetskda nazorat Rossiya tarafdorlarining qo’liga o’tdi

Ukraina sharqida hukumat askarlari Kramatorsk va Slavyansk shaharlarida harbiy amaliyot o’tkazmoqda.


Kramatorskda Rossiya tarafdorlariga tegishli beton to’siqlarni buzib tashlab shaharni qurshab olgan Ukraina qo’shini, Slavyanskda yuz bergan kuchli to’qnashuvlardan so’ng ortga chekindi.


Slavyanskda bir tabiiy gaz quvuriga havo to’pi tushdi, natijada portlash yuzaga keldi va yong’in chiqdi.


Donetskda esa nazorat butunlay Rossiya tarafdorlarining qo’liga o’tdi.


Hodisalarni havotir bilan kuzatib borgan Ukraina aholisi esa Donetskdan ketishga tayyorlanmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar