Bolqonlar va sharqiy Yevropada sel falokati...

Sel oqibatida Bosniya-Gersegovinada 35, Serbiyada 3 kishi jon berdi.

69190
Bolqonlar va sharqiy Yevropada sel falokati...

Bolqonlar va sharqiy Yevropa sel falokatiga qarshi kurashmoqda.


Bosniya-Gersegovina va Serbiya tarixdagi eng katta sel falokatini boshidan o’tkazmoqda.
Sel oqibatida Bosniya-Gersegovinada 35, Serbiyada 3 kishi jon berdi.
Bosniya-Gersegovinada transport yo’llarini suv bosdi, 100 dan ziyod ko’prikni seldan zarar ko’rdi, 65 ming aholi elektr-energiyasidan mahrum bo’ldi.
Uylarida qamalib qolgan aholi vertolyot va qayiqlarda qutqarilmoqda.


Turkiya Bosniya-Gersegovina va Serbiyaga birinchilardan bo’lib yordam qo’lini uzatdi.
TİKA tomonidan ta’minlangan 3 ta yuk mashinasiga to’la yordam mahsulotlari seldan katta zarar ko’rgan hududlardan biri Maglayga jo’nab ketdi.
TİKA bilan birga Turk vakillar hay’ati rahbariyati ham yordamga bel bog’ladi.


Mamlakatdagi barcha yordam tashkilotlari ham safarbar bo’ldi, yordam to’play boshladi.
Serbiyaning poytaxti Belgrad yaqinlaridagi Obrenovach hududida esa sel oqibatida uylarining tomiga chiqib tirik qolgan aholi yordam kutmoqda.


Mamlakatda 135 ming aholiga elektr berilmayotir, ko’mir konlarini suv bosdi, mamlakatning yuksak hududlarida qor to’foni ko’tarildi.
Polsha, Ruminiya, Avstriya va Horvatiyada ham sel falokati kundalik hayotga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Uylarni sov bosdi, quruqlik va te’mir yo’li safarlarida qiyinchilik yuz bermoqda.
Amerikaning Virginia shtatida ham kuchli yog’ingarchilik sababli sel falokati sodir bo’ldi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar