Men mavsumga qarab oziqlanaman, chunki...

Chunki-12

2116755
Men mavsumga qarab oziqlanaman, chunki...

 

Dasturimizning bugungi sonida sog'lig'imiz va kelajak avlodlar uchun xavfsiz oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasiga to’xtalamiz.  “Men mavsumga qarab ovqatlanaman, chunki… degan holda dasturimizni boshlaymiz. 

Yaqin davrgacha, ya'ni 20-asrning oxirgi choragigacha dunyo aholisining asosiy qismi qishloqlarda yashar edi. Shuningdek, asosiy daromad manbai dehqonchilik va chorvachilik hisoblangan qishloq joylarida yoki ularga yaqin joyda yashovchi aholi uchun yangi sabzavot va mevalardan foydalanish kunimizga qaraganda osonroq edi. Biroq, shaharlar gavjumlashib, qishloqlar bo'shatilishi bilan vaziyat o'zgara boshladi. Bunga tez sur'atlar bilan o'sib borayotgan aholini ham qo'shimcha qilganimizda, qishloq xo'jaligi mahsulotlari an'anaviy usullar o'rniga sun’iy muhitda ishlab chiqarilishi muqarrar tuyulardi.

Kunimizda "avvallari pomidorlarning mazasi boshqacha bo’lardi” degan gaplarni ko’p eshitamiz. Chunki, kunimizda meva-sabzavotlar dalada tabiiy ravishda emas, balki issiqxonalarda yetishtirilmoqda. Mavsumiy meva-sabzavotlarni quyoshda pishib, vaqti kelganda yig‘ib olinadigan, yig‘ib olingandan so‘ng qisqa vaqt ichida iste’mol qilinadigan mavsumiy meva-sabzavotlarni hozir kam uchratamiz. Sog'lig'imiz uchun bu holatning kamchiliklari orasida ikkita narsa ajralib turadi. Birinchidan, sun’iy muhitda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ozuqaviy qiymati past. Ikkinchidan, bu turdagi ishlab chiqarishda pestitsid qoldiqlari oziq-ovqat mahsulotlarida ko'proq uchraydi. 

Sog'ligimiz uchun jiddiyroq xavf shundaki, mavsumdan tashqari iste'mol qilinadigan ko'plab mahsulotlarda mavjud bo'lgan konservantlar va kimyoviy moddalar ichak florasidagi foydali mikroorganizmlarga zarar etkazish orqali immunitetimizni zaiflashtiradi. Mavsumda va tabiiy ravishda yetishtirilgan meva va sabzavotlar tarkibida tolaning yuqori miqdori tufayli immunitet uchun juda muhimdir. 

So‘zimiz so‘nggida g‘ayritabiiy tarzda ishlab chiqarilib, dasturxonimizga yetib kelayotgan meva-sabzavotlar kelajagimizga qanday tahdid solayotganiga qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Sun'iy muhitda ishlab chiqarish, yig'ish, saqlash va qadoqlash bosqichlarida iste'mol qilinadigan energiya va suv keyingi avlodlardan olingan manbalardir. Afsuski, ishlab chiqarishdan tortib iste’molga qadar sezgirlik ko‘rsatmasak, sarflangan bu manbaning o‘rnini bosa olmasligimiz aniq. Unday bo’lsa, “Men mavsumga qarab tabiiy ravishda oziqlanaman, chunki o‘z sayyoram va sog‘ligim haqida qayg‘uraman”, degan holda sizlar bilan hayirlashamiz.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #meva-sabzavot

Aloqador xabarlar