Energiya kun tartibi-11

Turkiya neft va tabiiy gaz zahiralariga boy Yaqin Sharq va Kaspiy mintaqasi davlatlari bilan energiya manbalari intensiv iste'mol qilinadigan Yevropa davlatlari o'rtasida juda muhim mavqega ega.

2113740
Energiya kun tartibi-11

 

Dasturimizning bugungi sonida energiyadagi yangi yo'nalishlar haqida gaplashamiz.

Turkiya neft va tabiiy gaz zahiralariga boy Yaqin Sharq va Kaspiy mintaqasi davlatlari bilan energiya manbalari intensiv iste'mol qilinadigan Yevropa davlatlari o'rtasida juda muhim mavqega ega. Yevropa va Osiyo oʻrtasida koʻprik boʻlgan Turkiya tabiiy gaz liniyalari bilan ham muhim ahamiyatga ega. Turkiyadan 7 ta xalqaro tabiiy gaz quvuri va 2 ta xalqaro neft quvuri oʻtadi. Kelgusi davrda bularning ortishi va liniyalarning sig'imi oshishi kutilmoqda.

Ukraina-Rossiya urushi bilan Yevropaga tabiiy gaz oqimi sezilarli darajada kamaydi va bu Turkiyaning ahamiyatini yanada oshirdi.

Bu loyihalarning eng muhimi Ozarbayjon bilan amalga oshirilgan TANAP va Rossiyadan Anadoluga tomon cho’zilgan “Moviy oqim” va “Turk oqimi” liniyalaridir.

Xo'sh, bu liniyalar haqida qanday tafsilotlar bor?

G’arbiy liniya (Rossiya - Turkiya tabiiy gaz quvuri)

Umumiy uzunligi 845 kmni tashkil qilgan liniya Bolgariya chegarasidagi Malkochlar orqali Anqaragacha etib keladi. 1993 yilda liniyaning maksimal quvvati 6 milliard kub metrga yetdi.

“MOVIY OQIM” (Rossiya - Samsun - Anqara tabiiy gaz uzatish liniyasi)

2003-yilda foydalanishga topshirilgan “Moviy oqim” loyihasining Turkiyadagi qismi Samsundan boshlanib, Amasya, Chorum va Kirikkale orqali Anqaraga yetib keladi.

Moviy oqim tabiiy gaz quvur liniyasi bilan Turkiyaga yiliga 16 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi.

“TURK OQIMI” QUVUR LİNİYASİ

Ushbu liniya 2020-yilning 8-yanvarida ochilgan bo’lib, uning umumiy gaz o‘tkazish quvvati 31,50 milliard kub metrni tashkil qiladi. “Turk Oqimi” quvur liniyasi har biri 15,75 milliard kub metr bo‘lgan ikkita quvurga ega. 15,75 milliard kub metrlik bir liniya Turkiyani, 15,75 milliard kub metrlik ikkinchi liniya Yevropani ta’minlaydi.

“TANAP” Ozarbayjon-Turkiya (Shahdeniz) tabiiy gaz quvur liniyasi

Ozarbayjon Shahdeniz I konida ishlab chiqariladigan tabiiy gazni Gruziya orqali Turkiyaga tashish uchun qurilgan Ozarbayjon - Turkiya (Shah Deniz I) tabiiy gaz quvur liniyasi 2007 yilda foydalanishga topshirildi. 

TANAPning Gruziya-Turkiya chegarasidan Eskishehirdagi chiqish punktigacha bo‘lgan qismi 2018-yil 30-iyunda foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, Eskishehirdan Turkiya-Gretsiya chegarasigacha bo‘lgan qismi 2019-yil oktyabr oyi oxirida ishga tushdi. Yevropadagi obʼyektlari ishga tushirilishi bilan 2020-yil 31-dekabrdan boshlab TAP quvuri orqali Yevropaga gaz oqimi boshlandi. 

Gaz quvuridan Turkiyaga har yili taxminan 6 milliard kub metr, Yevropaga esa 12 milliard kub metr tabiiy gaz yetkaziladi. 

Bu liniyaning oʻtkazish quvvatini bosqichma-bosqich 24 milliard kub metrga, keyinchalik esa 31 milliard kub metrga yetkazish koʻzda tutilmoqda. 

Eron-Turkiya tabiiy gaz quvuri (Sharqiy Anadolu tabiiy gaz magistral uzatish liniyasi)

Ushbu liniya sharqdagi manbalardan, xususan, Erondan tabiiy gazni tashish uchun mo'ljallangan. 2001 yil oxirida foydalanishga topshirilgan taxminan 1491 km uzunlikdagi Sharqiy Anadolu tabiiy gaz magistral uzatish liniyasining yillik quvvati 10 milliard kub metrni tashkil qiladi. Biroq, Tehrondan kelib chiqadigan o'zgarishlar tufayli, bu quvvatni ko'pincha to’ldirishning imkoni bo’lmayotir.

Turkiya, kelgusi davrda quvurlar quvvatini oshirish va tabiiy gaz va neft bozorlarida o'z o'rniga ega bo'lishni maqsad qilgan.

Shu bois Frakiyada tabiiy gaz markazi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Rossiya bilan birgalikda amalga oshiriladigan ushbu loyihaga qo'shimcha ravishda, BOTAŞ kompaniyasi tomonidan Turkiyaga olib kelingan tabiiy gazni liniyalar orqali sotishni ko'zda tutuvchi huquqiy tartibga solish ham amalga oshirildi.

Shu sababdan Anqara turkiy davlatlarga, xususan, Markaziy Osiyoga, shuningdek, janubdagi qo‘shni davlatlarga e’tiborini qaratdi. 

Turkmaniston tabiiy gazini Tanap va TAP liniyalari orqali Turkiyadan Yevropaga sotish bo'yicha birinchi hujjat Turkiya va Turkmaniston tomonidan imzolandi. Markaziy Osiyodagi turk davlatlari bilan yangi energiya kelishuvlari yakunlanish arafasida ekanligi bildirildi.

TDTga a’zo mamlakatlarning uglevodorod salohiyati juda jiddiy darajada.

TURKMANISTON

Turkmaniston yer osti boyliklari jihatidan juda boy davlat. Turkmaniston 15 trillion kub metr bilan eng katta tabiiy gaz zaxirasiga ega 4-davlat ekani taxmin qilinmoqda. Mamlakat yiliga qariyb 100 milliard kub metr tabiiy gaz ishlab chiqaradi. O'z tabiiy gazini eksport qilish uchun yirik gaz quvurlari tarmog'iga ega Turkmaniston har yili Turkmaniston-O'zbekiston-Qozog'iston-Xitoy quvur liniyasi orqali taxminan 40 milliard kub metr tabiiy gaz sotadi. Ushbu liniya 2009 yilda ishga tushirilgan. Hozirda u Xitoyning eng yirik tabiiy gaz yetkazib beruvchisi hisoblanadi.

O’ZBEKISTON

Neft va tabiiy gaz konlari mamlakat hududining 60 foizidan ortig'ini egallagan va mamlakat iqtisodiyotida katta ulushga ega bo'lib, 5 xil mintaqadagi 78 quduqdan neft va tabiiy gaz qazib olinadi. 92 quduqda burg‘ulash ishlari olib borilayotgan O‘zbekistonda jami neft zaxirasi 5 milliard 300 ming tonna, tabiiy gaz zaxirasi esa 5 trillion 95 milliard kub metr atrofida…

QOZOG’ISTON

Mamlakatning umumiy neft zaxiralari 5 milliard tonnadan oshadi. Bu zahiralarning 75 foizi Qashagan, Qorachaganak va Tengiz neft konlarida joylashgan. Qozog‘istonning tabiiy gaz zaxiralari 3 trillion kubometr darajasida ekanligi ta’kidlangan. 

 

 

                                            


Tanlangan kalimalar: #energiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar