Turkiyaning Yevrosiyo Respublikalari bilan bo‘lgan munosabatlari

O‘tgan yili Turkiyaning Yevrosiyo Respublikalari bilan bo‘lgan munosabatlari qanday edi?

2090311
Turkiyaning Yevrosiyo Respublikalari bilan bo‘lgan munosabatlari

2023 - yil Turkiya uchun ham qayg‘uli ham quvonchli voqealarga to‘la bo‘ldi. O‘tgan 2023 – yilning 6 – fevrali kuni Turkiyada ikki marotaba, avval 7 – 6; keyin esa 7 - 8 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ld. Mazkur falokatning o‘chog‘i, mamlakat janubidagi Kahramanmarash viloyati deb qayd etildi. «Asr falokati» degan nom bilan yodda qolgan tabiiy ofat Turkiyaning 10 viloyatiga salbiy ta’sir qildi. Kuchli silkinishlar qo‘shni Suriya, Kipr, Gruziya, Abxaziya, Armaniston, Iroq va Livanda ham sezilgan. Turkiyada qayd etilgan voqea oqibatida 50 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi.

Yevroosiyo davlatlari bor imkonlari bilan Turkiya uchun safarbar bo‘ldilar. Ularning hammasi Turkiyadagi yer silkinishini jimjirt tomosha qilib turmadi va Turkiyaga qidiruv – qutqaruv guruhlarini yubordilar. Chet eldan eng ko‘p qutqaruvchi Turk Respublikalaridan keldi. Nomi tilga olingan davlatlardan yig‘ilgan yordam ashyolari Turkiyaga samolyotlar va yuk tashuvchi mashinalar orqali yuborildi. Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Gagauziya prezidentlari; Gruziya Bosh vaziri, Duma raisi o‘rinbosari va vazirlar Turkiya elchixonalariga borib ta’ziya izhor etdilar. Ozarbayjon, Armaniston va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirlari hamda Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vaziri yer silkinishi tufayli Turkiyaga tashrif uyushtirdilar. Yevroosiyo mamlakatlari parlamentlari o‘z ishiga kirishish oldidan, Turkiyadagi voqea qurbonlarini yodga oldilar. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifi bilan o‘tgan 2023 - yilning 16 - marti kuni Shushada oʻtkazilishi rejalashtirilgan Turk Davlatlari Tashkilotining Favqulodda sammiti Turkiyani qoʻllab - quvvatlash maqsadida Anqarada boʻlib oʻtdi. Sammitda tashkilotga aʼzo va kuzatuvchi davlatlar rahbarlari ishtirok etdilar.

2023 - yilning 25 - fevralida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, 2023 - yilning 29 - martida Vengriya Prezidenti Katalin Novak, 2023 - yilning 7 - iyulida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, 2023 - yilning 26 - oktabri kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Turkiyaga tashrif uyushtirdi.

2023 - yili Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 5 ta Yevroosiyo davlatiga amaliy tashrif uyushtirdi. Shu doirada Prezident Erdo‘g‘an 20 - avgust va 18 - dekabr kunlari Vengriyada, 12 - iyun va 25 - sentabr kunlari Ozarbayjonda, 4 – sentabr kuni Rossiya Federatsiyasida, 2 –noyabr kuni Qozog‘istonda va 8 – noyabr kuni esa O‘zbekistonda bo‘lib qaytdi.

Turkiya 2023 – yili ham Rossiya - Ukraina urushida o‘rtamchilik qildi. Don yo‘lagi, asirlar almashinuvi va Ukrainaga yordam berish masalalarida Turkiya yetakchilik qilishni davom ettirdi. BMT, G - 20 va NATO kabi xalqaro sammitlarda Turkiya, Rossiya - Ukraina urushini to‘xtatishga harakat qildi.

***

Turkiya 2023 - yili Respublikaning 100 - yilligini nishonladi. Turkiyaning bu bayrami Yevroosiyo mamlakatlarida ham nishonlandi. Ommaviy ishlab chiqarishni boshlagan TOGG mahalliy avtomobili Turkiya tomonidan Yevroosiyo davlatlarining ayrim yetakchilariga ham sovg‘a qilindi. May oyida qaytadan Prezident etib saylangan Rejep Tayyip Erdo‘g‘anni Yevroosiyo davlatlarining barcha yetakchilari tabrikladilar.

Voqealardan ham ko‘rinib turganidek, Turkiya 2023 - yili Yevroosiyo davlatlari bilan aloqalarini yuqori darajada davom ettirdi. O‘zaro oliy darajadagi tashriflar amalga oshirildi. Barcha sohalarda, xususan, iqtisod, transport va mudofaa tarmoqlarida taraqqiyot qayd etildi.

 

 



Aloqador xabarlar