Energiya kun tartibi-02

Bu hafta “Energiya kun tartibi” dasturida Turkiya-Iroq munosabatlarida energiya sohasining tutgan o’rni haqida gaplashamiz.

2085837
Energiya kun tartibi-02

 

Anqara-Bag’dod liniyasidagi yangi hamkorliklarning global energiya siyosatiga ta’sirini muhokama qilamiz.

Oxirgi paytlarda Turkiya-Iroq munosabatlari ijobiy yo’nalishda davom etmoqda. Ikki davlat o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi taxminan 25 milliard dollarni tashkil etadi. Tomonlar o'rtasidagi muloqotning kuchayishi bilan bu darajaning yanada oshishi kutilmoqda.

2024-yil ham Anqara-Bag’dod munosabatlarida muhim o’zgarishlarga boy bo’ladi desak mubolag’a bo’lmaydi. Aprel oyida to’xtab qolgan Iroq-Turkiya xom neft quvur liniyasidagi oqim diplomatik tashabbuslar natijasida qayta boshlanishi kutilmoqda.
Kerkuk Yumurtalik xom neft quvurining yillik tashish quvvati 70 million barreldan oshadi. Kelgusi davrda liniya quvvatini yanada kengaytirish ko’zda tutilmoqda.


Turkiya-Iroq aloqalari energiya bo’yicha o'sib borayotgan bir paytda, neft va neft mahsulotlarini jo'natish bo'yicha tashlanishi kerak bo'lgan eng muhim qadamlardan biri Taraqqiyot yo'li loyihasidir.


Loyiha Turkiyani Fors ko'rfazidagi Fav portiga 1200 kilometrlik temir yo'l va avtomobil yo'li bilan bog'laydi. Iroq Ipak yo'li sifatida ham ta'riflangan loyiha Yevropadan Fors ko'rfazi mamlakatlarigacha bo'lgan keng hududni qamrab oladi va umumiy foyda keltiradi. 

Gazni nafaqat Iroq, balki Fors ko'rfazi davlatlaridan, xususan Qatardan ham Yevropaga qisqaroq va iqtisodiy yo'l orqali tashish mumkin bo'ladi.  Bu esa, Turkiyaning energiya bo’yicha eksport salohiyatini oshiradi. 

Turkiya ushbu loyiha asosida Iroqning energiya manbalarini jahon bozorlariga yetkazib beradi va energiya savdosida faol rol o'ynaydi. Basradan Turkiya chegarasigacha cho'zilgan avtomobil va temir yo'l transporti koridorining qurilishi uchun "Taraqqiyot yo'li" loyihasi Turkiyaning energiya sohasida raqobatbardoshligiga hissa qo'shadi.

“Taraqqiyot yoʻli” loyihasi tugallanishi bilan neft va neft mahsulotlarini tashishda Suvaysh kanaliga asosiy raqibga aylanadi.

Ma'lumki, Iroqning tasdiqlangan neft zaxiralari taxminan 145 milliard barrelni tashkil qiladi. Bu miqdor jahon neft zahiralarining taxminan 8 foizini va Yaqin Sharqdagi neft zaxiralarining 17 foizini tashkil qiladi. Iroq nefti ishlab chiqarish tannarxi bo'yicha dunyodagi eng arzon neftlardan biri sifatida tanilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Turkiya , #energiya

Aloqador xabarlar