Yevroosiyo kun tartibi - 70

Dasturimizning bugungi sonida Yevoosiyo davlatlari kun tartibidagi muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

2081508
Yevroosiyo kun tartibi - 70

2023 - yilning 18 - dekabri kuni Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasiga nomzodlik uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni shaxsan topshirdi. Putin bu gal prezidentlik saylovida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etadi. Boshqa jihatdan, Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi, 75 yoshli Nikolay Xaritonovni nomzod etib ko‘rsatdi. Xaritonov prezidentlik uchun bundan 20 yil muqaddam nomzod bo‘lib, Vladimir Putinga qarshi kurashni qo‘ldan boy bergandi.

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev 2023 - yilning 18 - dekabri kuni Moskvaga borib, Vladimir Putin bilan uchrashgani xabar qilingandi. Bir oy oldin Ostonada jome’ masjidining ochilish marosimida ishtirok etib, 1 - dekabr kuni o‘z xotiralarini nashr etgan va 12 - dekabr kuni «Astana Club» yig‘ilishida nutq so‘zlagan Nursulton Nazarboyevning oxirgi paytlarda tez – tez omma oldiga chiqa boshlashi e’tiborlarni o‘ziga jalb etdi.

2023 - yilning 18 - dekabri kuni Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida bir qator shartnomalar imzolandi. Samarqand shahri 2024 - yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Madaniyat markazi deb e’lon qilindi. Hukumat rahbarlari «Rossiya» xalqaro yarmarkasiga tashrif buyurdilar.

2023 - yilning 18 - dekabri kuni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an rasmiy tashrif bilan Vengriyada bo‘lib qaytdi. Prezident Erdo‘g‘an, Budapeshtda Vengriya Prezidenti Katalin Novak tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi. Prezident Erdo‘g‘an ushbu tashrifi doirasida Vengriya Prezidenti Katalin Novak va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashib, Turkiya - Vengriya Oliy darajali strategik hamkorlik kengashining oltinchi yig‘ilishida ishtirok etdi. Muzokaralar natijasida Turkiya - Vengriya o‘rtasida 17 ta shartnoma imzolandi. Tashrif doirasida prezidentlar ishtirokida 2024 - yil Turkiya - Vengriya madaniyat yilining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2023 - yilning 19 – 20 dekabri kunlari Turkiya vitse - prezidenti Jevdet Yilmaz rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘lib qaytdi. Vitse - prezident Jevdet Yilmaz poytaxt Bokuda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Milliy majlis raisi Sohiba Gafarova va Bosh vazir Ali Asadov bilan uchrashdi. Vitse - prezident Yilmaz Bokuda ish dunyosi vakillari bilan ham uchrashdi.

Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad al - Soniy 2023 - yilning 19 - dekabri kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif uyushtirdi. Qatar Amirini aeroportdan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaxsan kutib oldi. Ikki tomonlama uchrashuvlar yakunida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning borishidan mamnunlik bildirildi. Davlat rahbarlari «Tashkent City» xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y - harakatlarini ifodalovchi monumentning ochilish marosimida ishtirok etdi. Prezident Mirziyoyevga «Korrupsiyaga qarshi kurash» medali topshirildi.

2023 - yilning 22 - dekabri kuni Gruziya majlisi raisi Shalva Papuashvili norasmiy tashrif bilan Armanistonga bordi. Papuashvili Yerevanda Armaniston parlamenti raisi Alen Simonyan bilan uchrashdi.

***

Qozog‘istonda «Baxti - Ayag‘oz» temir yo‘l liniyasi qurilishi o‘z ishini boshladi. Roppa – rosa 272 km uzunlikdagi qurilish 2027 - yili tamomlanganida, Qozogʻiston Xitoy Xalq Respublikasi bilan uchinchi chegara darvozasini ochadi. Qozog‘iston bilan Xitoy bu orqali yuk tashish hajmini 28 million tonnadan 48 million tonnaga orttirishni rejalashtirmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar