Barqarorlik universitetlarning raqobat sohalaridan biriga aylanmoqda

Yashil kampus va ekologik barqarorlik (UI GreenMetric World University Ranking) xalqaro reytingida bu yil Turkiya nomidan 98 universitet ro‘yhatga kiritildi.

2080528
Barqarorlik universitetlarning raqobat sohalaridan biriga aylanmoqda

Yashil kampus va ekologik barqarorlik (UI GreenMetric World University Ranking) xalqaro reytingida Turk universitetlarining ro‘yhatning yana da yuqori qatorlarida o‘rin olishi uchun hisobot tayyorlagan akademiklar, uzoq vaqtdan beri ekologik muhit tushunchasiga ega bo‘lgan ta’lim markazlarining bu boradagi imkoni ko‘proq ekanini qayd etdi.

Indoneziya universiteti 2010 – yildan beri ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan barqaror turmush tarzini qabul qilish orqali o‘z ehtiyojlarini qondira oladigan va ushbu sohaga yetakchilik qila oluvchi oliy ta’lim muassasalarini o‘zi ishlab chiqargan Yashil kampus va ekologik barqarorlik (UI GreenMetric World University Ranking) xalqaro reytingi orqali baholab keladi.

Dunyo bo‘ylab ushbu sohada eng ko‘p qabul qilingan reyting tadqiqotlaridan biri bo‘lgan mazkur tizim o‘lchovlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida tuzilgan eng asosiy 17 ta moddaning 6 tasi asosida amalga oshmoqda.

Baholash tizimiga o‘tgan 2022 – yili dunyo bo‘ylab 1050, Turkiya nomidan esa 83 universitet kiritilar ekan; 2023 – yili dunyo bo‘ylab 1183, Turkiya nomidan esa 98 universitet ro‘yhatdan o‘rin oldi.

***

Bu yil ushbu baholash tizimiga Turkiya nomidan kiritilgan 98 universitetdan 6 tasi ilk yuztalikka kirdi. Ilk ikki yuztalik ichidagi 9 ta turk universiteti tuzilma va infratuzilma, energiya va iqlim oʻzgarishi, chiqindilar, suv va taʼlim kabi barcha yoʻnalishlarda oʻtgan yilga nisbatan o‘z bahosini yana – da orttirdi.

O‘tgan yili ro‘yhatning qirq yettinchi qatorida o‘rin olgan Istanbul Texnik Universiteti bu yil ta’lim bilan energiya va iqlim o‘zgarishi sohasida yuqori baho oldi.

Turkiya nomidan eng yuqori ikkinchi balni ro‘yxatning oltmish uchinchi o‘rnidagi Yildiz Texnik Universiteti olar ekan Erjiyes universiteti, O‘zyegin universiteti, Egey universiteti bilan Yeditepe universiteti Turkiya nomidan ilk yuztalikka kirishga muvaffaq bo‘ldi.

Reyting yoki baholash ro‘yhatiga Turkiya nomidan 2023 - yili kiritilgan universitetlar ayniqsa suvdan foydalanish va qayta ishlash masalasida muvaffaqiyatli ekani, energiya va iqlim o‘zgarishi mezonlarida esa pastroq ball olgani kuzatildi.

Istanbul universiteti nomidan Burju Zeybek bu masalani quyidagicha baholadi:

“Bugungi kunda dunyoning ko‘plab universiteti kuchli, obro‘li, brendga aylangan o‘quv markazi imidjiga ega bo‘lish uchun dunyoni, atrof – muhitni va xalqni e’tiborga olib, o‘z faoliyatlarini shunga muvofiq tarzda yuritishga urinmoqda. Xalq manfaatiga alohida e’tibor bermoqda va buning uchun alohida bo‘limlar ham ochmoqda. Olib borilgan faoliyatlar faqatgina akademiklar va olimlar emas, hammaga yetib borishi zarur. Universitetlar, muvaffaqiyatli talabalar tomonidan tanlanishi uchun raqobatga kirdilar. Shu bois ham uzoq muddatdan beri tabiiy manbaalarni isrof qilmagan, atrof – muhitga va insonga ziyon yetkazmaslikni ko‘zlagan, ekologik muhit tushunchasiga ega bo‘lgan ta’lim markazlari eng ko‘p tanlangan o‘quv markazlaridan biriga aylanmoqda”.

 



Aloqador xabarlar