Yevroosiyo kun tartibi - 69

Dasturimizning bugungi sonida Turkiy davlatlar kun tartibidagi muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

2079269
Yevroosiyo  kun tartibi - 69

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2023 - yilning 10 - dekabri kuni amaliy tashrif bilan Serbiyada bo‘ldi. Prezident Aliyev Nish shahrida Serbiya - Bolgariya tabiiy gaz interkonnektorining ochilishida ishtirok etdi. Tashrif doirasida Ilhom Aliyev Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va Bolgariya Prezidenti Rumen Radev bilan uchrashdi.

2023 - yilning 11 - dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konventsiyasi (COP29) ishtirokchilarining 29 - konferentsiyasi kelasi yili Ozarbayjonda bo‘lib o‘tishi rasman e’lon qilindi. Bu qaror Ozarbayjonning xalqaro maydonda faol va atrof - muhit masalalariga e’tiborli davlat ekanini yana bir bor isbotladi.

2023 - yilning 11 - dekabri kuni Gruziya parlamenti raisi Shalva Papuashvili Ozarbayjonga rasmiy tashrif uyushtirdi. Gruziya parlamenti raisi Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

Toshkent shahrida 2023 - yilning 12 - dekabri kuni Turkiy Davlatlar Tashkiloti tarkibidagi davlatlar bojxona muassasalari rahbarlarining IX yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Gruziya Bojxona xizmati rahbari maxsus mehmon sifatida ishtirok etdi. Yig‘ilishda tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi tashkil etishning texnik jihatlari qo‘lga olindi. Bundan tashqari Turkmaniston, Qozog‘iston va Ozarbayjon xalqaro yuklarning Ruminiyaning Konstanta porti orqali tashish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib bora boshlaganliklarini bildirdilar.

2023 - yilning 14 – dekabri kuni Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘lib qaytdi. Unda hamkasbi Jayxun Bayramov bilan uchrashgan Fidan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi. Ikki davlat Tashqi Ishlar vazirlari qo‘shma matbuot anjumani uyushtirdilar.

Yil yakunini baholash maqsadida jurnalistlarning savollariga javob bergan Rossiya Federatsiyasi Davlat rahbari Vladimir Putin, 2024 - yil boshlarida Turkiyaga tashrif uyushtirishi mumkinligini bildirdi.

2023 - yilning 15 - dekabri kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Birlashgan Arab Amirliklari Sarmoyalar vaziri Muhammad Hasan al - Suvaydiyni qabul qildi. Mazkur qabul chog‘ida ikki davlat oʻrtasidagi sarmoyaviy masalalar qo‘lga olindi. Uchrashuv yakunida Ozarbayjon bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida 4 ta shartnoma imzolandi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukrainaning Yevropa ittifoqi tarkibiga kirish jarayonini boshlatishiga qarshi chiqdi. Vengriya shuningdek, Yevropa ittifoqi tomonidan Ukrainaga ajratilgan 50 milliard yevrolik moliyaviy yordam paketiga ham veto qo‘ydi.

***

Turk Madaniyati tashkiloti TURKSOYga asos solinishining 30 - yilligi bu yil davomida Turkiy davlatlarda turli tadbirlar bilan nishonlandi. Oxirgi bayram tadbirlari 12 -13 dekabr kunlari poytaxt Anqarada bo‘lib o‘tdi. Turk dunyosi madaniyat poytaxti unvoni Shushadan Turkmanistonning Anev shahriga o‘tkazib berildi.

Turkmanistonda 2023 - yilning 12 - dekabrida betaraflik kuni nishonlandi. Shu munosabat bilan turli tadbirlar o‘tkazildi. Ashxobodda «Muloqot - tinchlik kafolati» nomi ostida xalqaro forum uyushtirildi.

2023 - yilning 12 - dekabri kuni dunyoga mashhur yozuvchi Ching‘iz Aytmatovning tavallud kuni Turkiy davlatlarida turli tadbirlar bilan nishonlandi. Poytaxt Anqarada 13 - dekabr kuni Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi rahbarligida Ching‘iz Aytmatov nomidagi V Xalqaro Issiq - Ko‘l forumining ochilishi bo‘ldi. Forumning yopilishi Ozarbayjonda oʻtkaziladi.



Aloqador xabarlar