Yevrosiyo kun tartibi - 66

Dasturimizning bugungi sonida Yevoosiyo davlatlari kun tartibidagi muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

2071047
Yevrosiyo kun tartibi - 66

Iroq Prezidenti Abdul Latif Jamol Rashid 2023-yilning 20-noyabri kuni Ozarbayjonga rasmiy tashrif uyushtirdi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev iroqlik hamkasbi bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuv yakunida ikki davlat oʻrtasida 4 ta shartnoma imzolandi.

2023 - yilning 21 - noyabri kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida boʻldi. Kremlda boʻlib oʻtgan Vladimir Putin - Imomali Rahmon uchrashuvi ortidan ikki davlat oʻrtasida 8 ta shartnoma imzolandi. Shartnomaga muvofiq, Rossiya Tojikistonga 8 dona S - 300 havo mudofaa tizimini berdi.

2023 - yilning 21 - noyabri kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Joʻmart Toʻqayev Buyuk Britaniya davlat vaziri Nusrat G‘anini qabul qildi. Suhbat chog‘ida Qozog‘iston - Buyuk Britaniya munosabatlarining borishidan mamnun ekani bildirildi. Buyuk Britaniyaning Savdo va iqtisodiyot vaziri Gʻani, bugungi kunda Qozogʻistonda Britaniyaning 550 ta kompaniyasi faoliyat olib borayotganini maʼlum qildi.

2023 - yil 21 - noyabri kuni Turkiy Davlatlar Tashkiloti Parlament assambleyasi tashkil etilishining 15 - yilligi munosabati bilan Boku shahrida xalqaro konferensiya oʻtkazildi. Unda, TurkPAga a’zo mamlakatlar nomidan deputatlar, xalqaro tashkilotlarning bosh kotiblari ishtirok etdi.

2023-yilning 22-noyabr kuni Boku shahrida Islom Hamkorlik Tashkiloti Ta’lim markazi Bosh assambleyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yigʻilishda tashkilotga a’zo davlatlar nomidan 20 nafar tegishli vazir ishtirok etdi.

2023 - yilning 23 - noyabrida Minsk shahrida Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammitda Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston Prezidentlari ishtirok etdi. Tor va kengaytirilgan tarkibda uyushtirilgan sammit natijasida 15 ta shartnoma imzolandi. Ular orasida, inqirozlarga tezkor javob berishni nazarda tutuvchi kelishuvni, eng muhim kelishuvlardan biri sifatida baholash mumkin. Yigʻilishda qatnashmagan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ana shu kuni Rossiyaga qurol sotib olish uchun pul toʻlaganliklari ammo nomi tilga olingan qurolni ola olmaganliklarini bildirdi.

2023-yil 24-noyabr kuni Boku shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari bo‘yicha maxsus dasturi (SPECA) sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammitda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Prezidentlari, Gruziya va Vengriya Bosh vazirlari, xalqaro tashkilotlar, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari ishtirok etdi. Sammit doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi. Unda shuningdek, Boku shahrida Maxsus dasturga kiritilgan mamlakatlar yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi 1998 - yili tashkil etilgandi.

2023 - yil 22 - noyabri kuni Bishkek shahrida Turk Davlatlari Tashkilotining Diaspora ishlaridan mas’ul vazirlar va muassasalar rahbarlarining beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yigʻilishda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Vengriya, Oʻzbekiston va Turkiyaning migratsiya va diaspora masalalari boʻyicha vazirlari va mas’ul vakillari ishtirok etdi.

2023 - yilning 25 - noyabri kuni Toshkent shahrida Turk Davlatlari Tashkiloti Din ishlari va diniy idoralari rahbarlarining IV yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkilotga a’zo davlatlarning din ishlari bo‘yicha raislari va ularning oʻrinbosarlari ishtirok etdi. Yigʻilish yakunida esa, Turkiya va O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha raisliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.



Aloqador xabarlar