G‘azoda chiqindi suvlarning dengizga quyilishi ekologik jihatdan muammo tug‘dirishi mumkin

Qiziqarli ma’lumotlar dasturining bugungi sonida G‘azodagi chiqindi suvlarning dengizga oqishi va uning davom etishi, qanday qilib ekologik muammo tug‘dirishi mumkinligi haqida so‘z qilamiz.

2066507
G‘azoda chiqindi suvlarning dengizga quyilishi ekologik jihatdan muammo tug‘dirishi mumkin

G‘azo munitsipaliteti, Isroil tomonidan 7 – oktabrdan beri uzluksiz bombardimon qilinayotgan G‘azo sektoridagi chiqindi suv tozalash faoliyati to‘xtagani tufayli, uning dengizga oqayotgani va natijada ekologik jihatdan muammo tug‘ilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

G‘azo munitsipaliteti tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, Isroilning bombardimonlari chog‘ida ziyon ko‘rgan, elektr ta’minotidagi uzilishlar va yoqilg‘i kamligi sababli ishlamay qolgan chiqindi suvlarni tozalash ta’sislaridan kirli yoki chiqindi suvlarning dengizga oqishni davom etayotgani bildirildi.

Bayonotda, G‘azo sektoridan har kuni 65 ming stakan chiqindi suv dengizga oqib chiqayotgani va bu holat salomatlik va atrof - muhit uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgani ta‘kidlandi.

G‘azo shahridagi Shayx Ridvan hovuziga har kuni 10 ming stakan chiqindi suv quyilgani qayd etilgan bayonotda, chiqindi suv muammosining davom etishi shaharda “to‘liq cho‘kish va katta falokatga” olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

G‘azo munitsipaliteti shuningdek sog‘liqni saqlash, atrof - muhit va gumanitar sohalarda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni bu masalaga shoshilinch ravishda chora topishga chaqirdi.

Xo‘sh, Isroilning G‘azodagi hujumlarida oxirgi vaziyat qanday'

Xamasning Qurolli qanoti Izzaddin al - Qassam brigadalari Isroilning falastinliklar bilan ularning muqaddas qadriyatlari, xususan, Al - Aqso jome’ masjidiga qarshi uzluksiz ziyon yetkazishiga javoban 7 - oktabr haftaning shanba kuni ertalab keng ko‘lamli hujum uyushtirar ekan, Isroil armiyasi ham G‘azo sektoriga qarshi havodan kuchli bomba tashlay boshladi.

Isroil rasmiylari 7 – oktabrdan beri 1 ming 400 nafardan ortiq isroillik, jumladan 326 nafar askar halok bo‘lgani va 5 ming 132 nafar kishi tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Isroil armiyasi matbuot xizmati kotibi Daniel Hagari, Qassam brigadalari qo‘lida 240 nafar isroillik mahbus borligini qayd etdi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroil hujumlarida falastinlik 3 ming 648 nafar yosh bola, 2 ming 290 nafar ayol kishi, jami 8 ming 796 kishi halok bo‘lgani va 22 ming 219 kishi esa tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda Isroil kuchlari va yahudiy ko‘chmanchilar tomonidan uyushtirilgan hujumlarda esa falastinlik 130 kishi hayotdan ko‘z yumdi, qariyb 2 ming kishi esa tan jarohati oldi.

Isroil armiyasi 26 - oktabr kuni G‘azoga qarshi quruqlik orqali uyushtirilgan amaliyotlarini kengaytira boshlab, havo hujumlari dozasini yana - da orttirdi.

Minglab yarador va tinch aholi jon saqlagan G‘azodagi eng yirik tibbiy markazlardan biri bo‘lgan Shifa shifoxonasi ham, Isroil armiyasi tomonidan nishonga olindi.


Tanlangan kalimalar: #G‘azo , #chiqindi suv , #Isroil armiyasi

Aloqador xabarlar