Bularni bilasizmi 61- qism

Turkiya Respublikasi ishtirok etgan birinchi xalqaro tashkilot 1924 yilgi Parij Olimpiadasi ekanligini bilasizmi? Turkiya Respublikasi 1924 yili Parijda birinchi marta dunyoning eng yirik xalqaro sport tashkiloti bo’lgan Olimpiadada rasman ishtirok etdi.

2057497
Bularni bilasizmi  61- qism

 

61

Olimpiadada Turkiya

Turkiya Respublikasi ishtirok etgan birinchi xalqaro tashkilot 1924 yilgi Parij Olimpiadasi ekanligini bilasizmi?

Turkiya Respublikasi 1924 yili Parijda birinchi marta dunyoning eng yirik xalqaro sport tashkiloti bo’lgan Olimpiadada rasman ishtirok etdi. Yangi Turk Davlati Olimpiadani dunyo miqyosida tanitish uchun yaxshi tashviqot vositasi sifatida ko'rdi. Mustaqillik urushidan so‘ng davlat mablag‘lari yetarli bo‘lmaganiga qaramay, Parijga futbol, ​​kurash, yengil atletika, qilichbozlik va velosport bo‘yicha 40 nafar sportchini katta fidoyilik bilan jo‘natdi.

Turk ayol sportchilari 1936 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlarida birinchi marta Turkiya terma jamoasiga kiritildi. Ikkinchi jahon urushidan oldin Berlinda

Turkiya “Natsizm” mafkurasi va Adolf Hitler soyasida o’tkazilgan 11-Olimpiada o’yinlariga 2 nafari ayol bo’lgan 60 nafar sportchi bilan qatnashdi va olimpiada tarixidagi ilk medallarni u yerda qo’lga kiritdi.

Olimpiada o'yinlari tarixida shohsupaga ko'tarilgan ilk turk sportchi erkin kurashda bronza medalini qo'lga kiritgan Mersinli Ahmet Kirechchi bo'ldi. Yunon-rum kurashi bo‘yicha bellashgan Yashar Erkan ushbu yo‘nalishda Olimpiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Bu g‘alaba Olimpiada o‘yinlari tarixida Turkiyaga olib kelingan ilk oltin medaldir. Bu xabarni olgan Mustafo Kamol Otaturk, “Siz o'zingiz kichiksiz, lekin mamlakat uchun muhim ish qildingiz.

  Endi sizning nomingiz Turkiya sporti tarixida. U sportchini telegramma orqali “Yashasin!” deb tabriklaydi.

Turk sportchilarining Respublikaning ilk yillaridan buyon dunyoning eng katta sport tashkiloti bo'lgan Olimpiadada ishtirok etishi Turkiya sport tarixi uchun juda muhim.

Olimpiadadagi ishtirok yillar davomida urushlar soyasida qolgan turk sportining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Mustafo Kamol Otaturk rahnamoligida asos solingan Turkiya Respublikasi har sohada bo’lgani kabi sportga ham ko’rsatayotgan yordami bilan zamonaviy davlat ekanligini ko’rsatdi.

 

 



Aloqador xabarlar