Bularni bilasizmi 60- qism

Bularni bilasizmi 60 RESPUBLIKA Turkiya Respublikasi e’lon qilinishidan yillar oldin Mustafo Kamol respublika tuzishga qaror qilganini bilasizmi?

2054401
Bularni bilasizmi 60- qism

 

 Bularni bilasizmi 60

RESPUBLIKA

Turkiya Respublikasi e’lon qilinishidan yillar oldin Mustafo Kamol respublika tuzishga qaror qilganini bilasizmi?

Turkiya Respublikasi 100 yilligini nishonlamoqda.

Respublika 1923-yil 29-oktabrda e’lon qilindi. Biroq Mustafo Kamol bu sanadan yillar oldin Respublikani tuzishga qaror qilgan edi.

  Birinchi jahon urushi oxirida mag‘lubiyatga uchragan deb hisoblangan Usmonli imperiyasi o‘zi uchun o‘lim hukmini anglatuvchi og‘ir sharoitlarga to‘la bo‘lgan Sevr shartnomasini imzoladi va yerlari ishg‘ol qilindi. 1919-yil 19-mayda Samsunda turk millatining ozodlik kurashini boshlagan Mustafo Kamol barcha salbiy sharoitlarga qaramay, albatta gʻalaba qozonilishiga ishongan edi.

 Biroq, mustaqillik urushi hali boshlangani yo'q, hatto muntazam turk armiyasi ham yo'q edi.

1919-yil iyul oyida Erzurumda mustaqillik urushini rejalashtirish boʻyicha qurultoy boʻlib oʻtdi.

  Bir kuni kechqurun Mustafo Kamol o'zi do'st bo'lgan Mazhar Mufit Kansuga g'alabadan keyin boshqaruv shakli respublika bo'lishini aytadi.Biroq, o'sha kun kelguncha, bu va'da sir bo'lib qolishi kerak. Bu ular orasidagi yagona sir emas. O'sha oqshom Mustafo Kamol kiyim sohasida inqilob bo'lishini aytadi. Bundan tashqari, asrlar davomida qo‘llanilgan arab alifbosi o‘rniga lotin alifbosi qo‘llanila boshlaydi.

Oradan 4 yil o’tib urush turk millatining g’alabasi bilan yakunlandi, Lozanna tinchlik shartnomasi qabul qilindi va saltanat bekor qilindi. 1923-yil 28-oktabr oqshomida Mustafo Kamol doʻstlariga “Ertaga respublikani eʼlon qilamiz”, deydi. 29-oktabr kuni Turkiya Oliy Millat Majlisida respublika deklaratsiyasi qabul qilindi.Keyin yashirin ovoz berish yo‘li bilan prezidentlik saylovi o‘tkaziladi va barcha 158 deputat Mustafo Kamol Poshoni yangi turk davlatining birinchi prezidenti etib saylaydi.

Yangi Turk davlati butun dunyoga e'lon qilingandan so'ng Mustafo Kamol yillar oldin rejalashtirgan boshqa qadamlar birin-ketin amalga oshirildi.Nafaqat kiyim-kechak sohasida, balki ijtimoiy hayotning ta’lim, huquq, madaniyat, iqtisod, ayollarning siyosiy huquqlarini tan olish kabi barcha jabhalarida ham ko‘plab inqiloblar amalga oshirildi. Lotin alifbosi qabul qilinadi. Shunday qilib, Turkiya Respublikasi Mustafo Kamol Otaturk maqsad qilgan dunyoviy, zamonaviy va demokratik davlat sifatida dunyo davlatlari orasida o‘z o‘rnini egallaydi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar