Mutaxassislarning fikricha sun’iy intellekt OAVda tub o‘zgarishlarga olib keladi

Qiziqarli ma’lumotlar dasturining bugungi sonida, mutaxassislar fikricha, sun’iy intellekt ommaviy axborot vositalarida qanday tub o‘zgarishlarga olib kelishi haqida so‘z qilamiz.

2029168
Mutaxassislarning fikricha sun’iy intellekt OAVda tub o‘zgarishlarga olib keladi

Mutaxassislarning fikricha, sun’iy intellekt ommaviy axborot vositalarida tub o‘zgarishlarga olib keladi

Kundan kunga yangi jihatlari bilan tanilayotgan sun’iy intellekt texnologiyalari, boshqa joylarda bo‘lgani kabi media sohasida ham ko‘plab ijobiy va salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

***

Sun’iy intellektga asoslangan innovatsiyalar ko‘plab imtiyozlardan tashqari, ishsizlik va ijtimoiy axloqiy muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

Hozirda ko‘pchilik foydalanuvchilar sun’iy intellekt yoki algoritm so‘zining ma’nosini ham bilmagan holda kundalik hayotidan tortib, sog‘lig‘i va ta’limga oid ma’lumotlar, iste’mol xarajatlari qadar shaxsini qiziqtirgan barcha masalalarini mana shu algoritm yordamida baham ko‘rishmoqda. Yig‘ilgan ma’lumotlarni saqlash va ulardan insoniyat zarariga foydalanish haqidagi tashvishlar esa mubohasalarga yo‘l ochmoqda.

Inson aql - zakovatini taqlid qiluvchi bu texnologiya, distopiya va utopiya o‘rtasida juda nozik chiziq borligini va bu chiziqni insonlar ustuvorligi belgilashini ochib beradi. Media tarmog‘i ham sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’siri eng ko‘p his qilingan sohalardan biridir.

Almost media platformasi asoschisi va bosh muharriri Kassy Cho bilan Goodable kompaniyasi Bosh direktori Muhammad Lila, sun’iy intellekt texnologiyalarining ommaviy axborot vositalaridagi ijobiy va salbiy ta’siri hamda bu sohaga olib kelgan yangiliklari haqida so‘zlab berdi.

Cho, algoritmlarning ommaviy axborot vositalaridagi roliga ishora qilib: “Jurnalistlar yana – da muvaffaqiyatliroq bo‘la olgan qobiliyatlariga yo‘nala olishlari uchun ularni erkin qo‘yishimizga ko‘mak beradi. Vaqtimizni intervyularni transkripsiya qilish va kontentni tarjima qilish kabi ishlarga harjamay, samaraliroq o‘tkazishimizga imkon yaratishi mumkin”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Cho, sun’iy intellektning insonlar tomonidan yaratilgan tarkibga asoslangani bois noto‘g‘ri ko‘z qarashlar borligi va mukammal bo‘lishi imkonsiz ekanini qayd etdi.

Cho shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyasi insonlarning ishsiz qolishiga yo‘l ochmaydi degan fikrda.

Ommaviy axborot vositalarida sun’iy intellektdan foydalanish, insonlarning yaxshi jurnalist bo‘lishga yetaklashini ham ta’kidlagan Cho, o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:

“Menimcha, ba’zilari salohiyati sabab ish yo‘qotishi mumkin ammo bu bizni yanada ijodiy bo‘lishga undaydi. Chunki oxir - oqibat g‘oyalarni sun’iy intellekt ishlab chiqarmaydi. Bu bizning yana-da muvaffaqiyatli jurnalist bo‘lishimizga imkon beradi. Tabiiy olaroq yangi g‘oyalarni ishlab chiqish, yangi formatlar topish, mazmunli kontent o‘rtaga qo‘yish, jurnalistlikni a’lo darajada bajarish uchun sun’iy intellektdan qanday foydalanishimiz haqida fikr yuritishga majburmiz”.

Ziyoni foydaga qaraganda ko‘proq bo‘lishi mumkin

Goodable kompaniyasining Bosh direktori Lila ham, algoritmlarning insonlarga foyda berishga qaraganda ko‘proq ziyon berishi mumkinligini ta’kidladi.

Lila, gap media va jurnalistika haqida ketayotganida sun’iy intellektning yana – da tezroq va yaxshiroq o‘rganish kabi ijobiy tomonlari bo‘lsa - da, kelajak jihatidan katta xavf tug‘dirishini bildirdi.

“Agar biz ehtiyot bo‘lmasak unda sun’iy intellekt, jamiyatimizni yo‘q qiladi. Aslida shu daraja xavfli degan fikrdaman”. – degan Lila, insonlarni to‘g‘ri va noto‘g‘rini farqlash qobiliyatini sun’iy intellekt texnologiyasiga tashlab qo‘yishi katta muammo ekanini qayd etdi.

Sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi bilan bir necha inson ishini yo‘qotishi mumkinligini ta’kidlagan Lila, “Jurnalistlar sun’iy intellektdan foydalanmasa va sun’iy intellektning yangi kontent ishlab chiqarish kuchini tushunmasa, unda, o‘yindan ancha orqada qoladi”. – deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar