Yevrosiyo kun tartibi-52
Dasturimizning bugungi sonida, Turk Respublikalari kun tartibidagi muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.
O‘tgan hafta Turk Respublikalarida muhim voqealar yuz berdi. Shunday ekan keling, dasturimizning bugungi sonida navbat bilan shular haqida so‘z qilaylik.
2023 - yilning 14 - avgusti kuni Gagauziya muxtor mintaqasi rahbari Yevgeniya Gutsul, Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida, Gagauziya muxtor mintaqasi vakolatxonasini ochish niyatida ekanliklarini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Moldova Tashqi ishlar va Yevropa integratsiyasi vazirligi bayonot berib, vakolatxona ochishning iloji yo‘qligini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Yevgeniya Gutsul Rossiyani qo‘llab – quvvatlagan gaplari bilan tanilgan.
2023 - yilning 14 – 15 avgusti kunlari Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Boshqirdiston Respublikasi Bosh vaziri Andrey Nazarov amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ldi. Bosh vazir Nazarov, Qozog‘iston Bosh vaziri Alihan Smailov bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki davlat munosabatlariga oid turli masalalar muhokama qilindi. Boshqirdiston Respublikasi Bosh vaziri ushbu tashrifi doirasida, Qozog‘iston Sanoat va infratuzilma vaziri Marat Karabayev bilan ham uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, 2023 - yilning 15 - avgusti kuni rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonda bo‘ldi. Bosh vazir Aripov, Qirg‘iziston Bosh vaziri Aqilbek Japarov bilan birgalikda Cho‘lpon - Ota shahrida Qirg‘iziston - O‘zbekiston hukumatlararo qo‘shma hamkorlik kengashining X yig‘ilishiga raislik qildi. Yig‘ilishda, ikki davlat munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan qarorlar qabul qilindi. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, O‘zbekiston Bosh vaziri Aripovni qabul qildi.
2023 - yilning 16 - avgusti kuni Samarqand shahrida Turk Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar Sog‘liqni saqlash vazirlarining III yig‘ilishi va II Turk tibbiyot olami kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda, tashkilotga a’zo davlatlarning sog‘liqni saqlash vazirlari ishtirok etdilar. Yig‘ilish yakunida qo‘shma deklaratsiya imzolandi. Shuningdek, 16 - 17 avgust kunlari II O‘zbekiston - Turkiya sog‘liqni saqlash biznes - forumi bo‘lib o‘tdi.
2023 - yilning 17 - avgusti kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim Jomart Toqayev, Saudiya Arabistoni atrof - muhit, suv va qishloq xo‘jaligi vaziri Abdurahmon al - Fadlini qabul qildi. Qabul chog‘ida, Qozog‘iston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi, savdo va oziq-ovqat xavfsizligi kabi masalalar bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, 2023 - yil 17 - avgust kuni Qozog‘iston Tashqi Ishlar vaziri Murat Nurtleuni qabul qildi. Qabul chog‘ida, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi yo‘nalishi muhokama qilindi.
2023 - yilning 17 – 21 avgusti kunlari Shinjon - Uyg‘ur avtonom viloyati poytaxti Urumchi shahrida, “IV Xitoy - Yevrosiyo: mahsulot va savdo 2023” deb nomlangan EXPO ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmaning ochilishida Qirg‘iziston Bosh vaziri Aqilbek Japarov, Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin ishtirok etdi. Bosh vazir Japarovning rasmiy tashrifi doirasida Qirg‘iziston va Xitoy o‘rtasida 6 ta shartnoma imzolandi. EXPO ko‘rgazmasida dunyoning 40 mamlakatdan 1300 dan ortiq kompaniya ishtirok etdi.
***
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 2023-yilning 19 – 20 avgusti kunlari Vengriyaga tashrif uyushtirdilar. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban taklifi bilan Budapeshtda bo‘lib qaytgan liderlar, Vengriyaning tashkil topgan kuni va yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etdilar.
Voqealardan ham ko‘rinib turganidek, o‘tgan hafta Turk Respublikalarda muhim o‘zaro tashriflar amalga oshirildi.
Aloqador xabarlar
Yevrosiyo kun tartibi-49
Dasturimizning bugungi sonida Turkiy Respublikalar kun tartibidagi muhim voqealarga to‘xtalamiz.