Yevroosiyo kun tartibi-48

Dasturimizning bugungi sonida Turk Respublikalari kun tartibida o‘rin olgan muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

2016732
Yevroosiyo kun tartibi-48

2023-yilning 17-19 iyuli kunlari Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif uyushtirdi. Unda boʻlib oʻtgan oʻzaro uchrashuvlar ortidan Turkiya bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida 13 ta, Turkiya bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasida 5 ta shartnoma, Turkiya bilan Qatar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatilishining 50-yilligi munosabati bilan qoʻshma bayonot imzolandi. Prezident Erdoʻgʻanning Fors koʻrfazi safari samarali oʻtdi. Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid al-Nahayon o‘tgan oyda amaliy tashrif bilan Turkiyada boʻlib qaytgandi.

2023-yilning 19-iyuli kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Ummon, Qatar va Quvayt prezidentlari ishtirok etdilar. Sammit natijasida Jidda deklaratsiyasi qabul qilindi. Sammit doirasida koʻplab ikki tomonlama uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev navbatdagi sammitni o‘z mamlakatida, yani O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi. Turk Respublikalari prezidentlarining arab davlatlariga tashriflari o‘zaro munosabatlar eng yuqori darajaga ko‘tarilganidan yaqqol dalolatdir. Arab davlatlari oxirgi paytlarda Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqinroq hamkorlik qilishga harakat qilmoqda.

Janubiy Koreya Respublikasi parlamenti raisi Kim Jin Pyo rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga bordi. Janubiy Koreya parlamenti spikeri 2023-yilning 20-iyuli kuni Ashxobod shahrida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Uchrashuvda Turkmaniston-Janubiy Koreya munosabatlariga oid turli masalalar qo‘lga olindi. Uchrashuv yakunida Janubiy Koreya parlamenti raisi Turkmanistonning “Betaraflik” davlat ordeni bilan taqdirlandi.

2023-yilning 20-iyulida Shimoliy Kipr Turk Respublikasida, “Tinchlik va erkinlik kuni” nishonlandi. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, “Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Sharqiy O‘rta yer dengizida Turkiya va Turk davlatlarining tayanchidir”. - dedi.

***

2023-yilning 18-iyuli kuni Iroq Kurdiston hududi ma’muriyati rahbari Nachirvon Barzoniy, amaliy tashrif bilan Ozarbayjon Respublikasida bo‘ldi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev poytaxt Bokuda, Nachirvon Barzoniyni qabul qildi. Unda, havo yoʻli orqali oʻzaro toʻgʻridan-toʻgʻri qatnovlar yoʻlga qoʻyish, Arbilda Ozarbayjon Bosh konsulxonasini ochish va oʻzaro investitsiya imkoniyatlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov 2023-yilning 19-iyuli kuni rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonda boʻldi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Bosh vazir Aripovni qabul qildi. Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov va Abdulla Aripovning Bokuda boʻlib oʻtgan uchrashuvida ikki davlat munosabatlariga oid turli masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi uyushtirishi ma’lum qilindi.

2023-yilning 21-23-iyuli kunlari Ozarbayjonda Qorabog‘ning ramziy shahri hisoblangan Shushada Global Media Forumi boʻlib oʻtdi. “4-sanoat inqilobi davrida yangi media” deb nomlangan ushbu forumda dunyoning 50 davlatidan 250 dan ortiq media a’zosi ishtirok etdi. Forumda Turk davlatlari tashkiloti va TURKSOY Bosh kotiblari ham ishtirok etdilar. Forumning ochilishida ishtirok etgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ushbu forumni har yili o‘tkazishni taklif qildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar