Gravitatsiyasiz sharoitda genlar qanday harakat qiladi?

Qiziqarli ma’lumotlar dasturining bugungi sonida, milliy kosmik dasturi doirasida kosmosga chiquvchi Turk kosmik sayyohlarining, “Mikrogravitatsiya bilan bog‘liq genetik fan missiyasi” loyihasi haqida so‘z qilamiz.

2001484
Gravitatsiyasiz sharoitda genlar qanday harakat qiladi?

Turk kosmik sayyohi tomonidan Xalqaro kosmik stansiyada olib borilishi rejalashtirilgan ilmiy ishlaridan biri, genlarning gravitatsiyasiz, boshqacha qilib aytganda tortishish kuchidan xoli muhitda qanday harakat qilishi haqidadir.

***

Milliy kosmik dasturi doirasida respublikaning 100-yilligi munosabati bilan kosmosga yuboriluvchi sayyohlar, kosmik stansiyada, universitetlar va ilmiy muassasalar tomonidan taklif qilingan 13 holatni sinab ko‘radi. Ulardan biri, genlarning gravitatsiyasiz sharoitda qanday munosabatda bo‘lishi haqidadir.

***

TUBITAK (Turkiya ilmiy-texnik tadqiqotlar bo‘yicha kengashi) Kosmos, o‘tgan oylarda Turk kosmik sayyohining vazifasi paytida nimalar qilishini oldindan belgilab olishi uchun Fan missiyasini taklif qildi.

Shu doirada universitet va ilmiy muassasalar ko‘plab loyihalar bilan murojaat qildi. Ulardan biri “Mikrogravitatsiya bilan bog‘liq genetika fanining missiyasi”, - loyihasi edi.

Loyiha maqsadi

Avvalom bor loyihada, zamonaviy gen muhandisligi texnologiyalari (CRISPR) yordamida gravitatsiyasiz muhit ta’siriga uchragan va funktsiyasi hali hanuz kashf etilmagan genlarni aniqlash hamda kosmik missiyalarida qaysi immun hujayralarining tortishish kuchi tomonidan bevosita ta’sirlanishini aniqlashi rejalashtirilgan.

Uskudar universiteti Transgenik hujayra texnologiyalari markazi (TRGENMER) direktori Dr. Jihan Tashtanning so‘zlariga ko‘ra, inson tanasidagi taxminan 25 000 genning tortishish kuchi bilan bo‘lgan aloqasi hali to‘liq ma’lum emas.

Xo‘sh, loyiha qanday amalga oshiriladi?

Turk kosmik sayyohi vazifasi oldidan va vazifasi chog‘ida turli kunlarda o‘zidan qon namunalarini oladi. Dunyoga yoki yerga qaytib kelgach, bu namunalarni markazga topshiradi. Shu tariqa hujayralar, ayniqsa, immun hujayralar kosmosda o‘zini qanday tutganligi va saraton kabi omillarga qarshi qay darajada kurasha olishi kuzatiladi.

Istalgan natijalarga erishilsa nimalar o‘zgaradi yoki nimalar bo‘ladi?

Ushbu tadqiqotlar orqali inson genetikasida yashiringan genlar, tortishish kuchidan ozod bo‘lganida qanday munosabatda bo‘lishi yoki qanday harakat qilishini aniqlash mumkin. Agar kosmik muhitda saraton hujayralarini samaraliroq o‘ldirish imkoni topilgudek bo‘lsa unda, kosmik turizmning kuchayishi bilan kosmosga chiquvchi bemorlar yana-da qisqaroq vaqtda sog‘ayib ketishlari mumkin.

Kelajakda tibbiy turizm bilan kosmik turizmning birlashishi natijasida balki bemorlar, Xalqaro kosmik stansiyadagi shifoxonalarda davolanish imkoni topadi.

 



Aloqador xabarlar