Yevrosiyo kun tartibi - 42

Dasturimizning bugungi sonida Markaziy Osiyo Respublikalari kun tartibidagi muhim voqealar haqida soʻz qilamiz.

2000000
Yevrosiyo kun tartibi - 42

O‘tgan hafta Markaziy Osiyo respublikalarida muhim tashrif va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Shu doirada Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xelga Mariya Shmid 2023-yilning 5-8-iyuni kunlari Qirg‘iziston bilan Qozog‘istonga tashrif uyushtirdi. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 5-iyun kuni Xelga Shmidni qabul qildi. Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev esa Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibini 7-iyun kuni qabul qildi. Uchrashuvlarda tashkilotning Markaziy Osiyo respublikalari bilan aloqalari, mintaqaviy xavfsizlik, yashil iqtisodiyot kabi masalalar muhokama qilindi.

Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Soniy 2023-yilning 5-9-iyun kunlari Markaziy Osiyo respublikalarida bo‘ldi. Qatar Amirining O‘zbekiston va Qirg‘izistonga kelishi davlat tashrifi deb e’lon qilindi. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari Qatar Amirini aeroportdan shaxsan o‘zlari kutib oldilar. Muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasida 15 ta, Qirg‘iziston va Qatar o‘rtasida 13 ta shartnoma imzolandi. Qatarning Turk Respublikalari bilan bo‘lgan aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarishida Turkiya-Qatar strategik aloqalarining o‘rni alohida o‘ringa ega.

2023-yilning 8-9-iyuni kunlari Qozog‘iston poytaxtida, «Ostona xalqaro forumi» bo‘lib o‘tdi. An’anaviy Ostona forumida 1000 dan ortiq xorijiy vakillar ishtirok etdi. «Muloqot orqali qiyinchiliklarni yengib o‘tish: hamkorlik, rivojlanish va taraqqiyot yo‘lida» mavzusidagi forumda Qatar Amiri, Qirg‘iziston Prezidenti, O‘zbekiston Bosh vaziri, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay Hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlarning bosh kotiblari ishtirok etdilar. Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Forumda so‘zlagan nutqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi isloh qilinishi kerakligini qayd etdi. Prezident Toqayev Forum doirasida Ostonaga kelgan oliy martabali mehmonlar bilan alohida-alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Xalqaro Ostona forumi qutblashib borayotgan dunyoda Qozog‘istonning muvozanatli tashqi siyosat yuritayotganining yaqqol dalilidir.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 7-9-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Italiyada bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev Rimda Italiya Prezidenti Serjo Mattarella va Italiya Respublikasi Vazirlar kengashi raisi Jorja Meloni bilan uchrashdi. O‘zbekiston Prezidenti keyin Milanga bordi. Prezident Mirziyoyev Milanda mahalliy hokimiyat vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashdi. Tashrif doirasida tashkil etilgan Italiya-O‘zbekiston biznes forumida 9 milliard yevrolik shartnomalar imzolandi.

***

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban 2023-yil 8-9-iyun kunlari ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ldi. Viktor Orban Ashxobod shahrida Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Prezident Serdar Berdimuhamedov bilan alohida-alohida uchrashdi. Muzokaralar yakunida ikki davlat oʻrtasida 8 ta shartnoma imzolandi.

2023-yil 8-iyun kuni Pokiston Bosh vaziri Muhammad Shahboz Sharif “Turkmangaz” rahbari Maqsat Babayevni qabul qildi. Uchrashuv yakunida ikki davlat oʻrtasida TAPI loyihasini jadallashtirish boʻyicha mushtarak harakatlar rejasi imzolandi.

 



Aloqador xabarlar