ChatGPT - Qulaylashtiruvchimi yoki tahdid?

Sun’iy intellekt tomonidan qoʻllab-quvvatlangan ChatGPT, soʻnggi paytlarda eng koʻp muhokama qilinadigan dasturga aylandi. Ilovaning qulaylashtiruvchi jihati boʻlishiga qaramay mutahassislar “ba’zi xavflari bor” degan fikrdalar.

1985429
ChatGPT - Qulaylashtiruvchimi yoki tahdid?

Mingdan ortiq ekspert, jumladan, Ilon Mask imzolagan va sun’iy intellektga (AI-Artificial Intelligence) qarshi qalamga olingan maktub, sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqishda yorish xavfi borligi haqida ogohlantirib, faoliyatning 6 oy to‘xtatilishini talab qildi.  

Suhbat shaklida o‘zaro ta’sir qiluvchi til modeliga ega bo‘lgan ChatGPT, so‘nggi paytlarda eng ko‘p muhokama qilingan sun’iy intellekt dasturidir. Ilova har bir savolga javob bera olmoqda ammo javoblar vaqti-vaqti bilan shubha tug‘diradi.

Joriy versiyada 175 milliard ma’lumot ro‘yxatiga ega bo‘lgan ilova, savollarga mazmunli javoblar berish uchun milliardlab ma’lumotni ko‘rib chiqadi.

Ilovaning qulaylashtiruvchi jihatining borligi foydalanuvchilarning qoniqishini orttirmoqda ammo javoblarning hammasi ham to‘g‘ri emas.

Foydalanuvchilarni noro‘g‘ri ma’lumot bilan chalg‘itishi mumkin

Mutaxassislarning fikricha, dastur ma’lum xavflarni o‘z ichiga oladi. Raqamli media bo‘yicha mutaxassis Og‘uzhan Saruhan, chatbot foydalanuvchilarini ba’zan noro‘g‘ri ma’lumotlar bilan chalg‘itishi mumkinligiga e’tibor qaratmoqda.

Saruhan, “Ushbu ma’lumotlar to‘plamida irqchilik, fashizm yoki turli xil yomon his-tuyg‘ular haqida ma’lumotlar bo‘lishi mumkin va uni sizga yuklash ehtimoli bor”.- dedi.

Kasblarga tahdid qilmoqda

ChatGPTning kasblarni tahdid qilish xavfi ham bor. Mutaxassislar, tadqiqot ishlari natijasining ham shuni ko‘rsatayotganini ta’kidlab, ogohlantirmoqda.

Saruhan, “Bugungi kunda olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, minglab kasblar hozirgi versiyasi kuchi oqibatida o‘z o‘rnini yo‘qotishi mumkin”.-deya gapirdi.

Mutaxassislarning fikricha, kelajakda yana-da ko‘proq muhokama qilinadigan mavzulardan biri mualliflik huquqidir. Chunki ishlab chiqarilgan biron narsaning to‘plangan ma’lumotlar yordamida o‘rtaga chiqishi, “Buning egasi kim?” degan savolni tug‘diradi.

Xitoy va Italiya taqiqladi

Ilovadan mamnun bo‘lganlar ham bor, buning judayam xavfli ekanini iddio etganlar ham yo‘q emas alabatta. Xitoy va Italiya ChatGPT-ni taqiqladi. Twitter ijtimoiy tarmoq rahbari Ilon Mask va sun’iy intellekt bo‘yicha ba’zi mutaxassislar ham mazkur ilovadan foydalanishni to‘xtatishga chaqirdilar.

 


Tanlangan kalimalar: #sun'iy intellekt , #Ilon Mask , #ChatGPT

Aloqador xabarlar