Yevroosiyo kun tartibi - 34

Dasturimizning bugungi sonida Janubiy Kavkaz Respublikalari kun tartibidagi voqealar haqida so‘z qilamiz.

1977457
Yevroosiyo kun tartibi - 34

O‘tgan hafta Janubiy Kavkaz Respublikalarida muhim tashrif va tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Shu doirada 2023-yilning 10-apreli kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Qozog‘istonga rasmiy tashrif uyushtirdi. Poytaxt Ostona shahrida Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jo‘mart Toqayev Ilhom Aliyevni rasmiy marosim bilan kutib oldi. Ikki mamlakat prezidentlari delegatsiyalar o‘rtasida keng ko‘lamli uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar natijasida Ozarbayjon-Qozog‘iston Oliy darajali hamkorlik kengashi tuzildi. Toqayev bilan Aliyev Ostona xalqaro moliya markaziga tashrif buyurdilar. Prezidentlar, shuningdek, Ostonadagi “Haydar Aliyev” nomidagi xiyobonining ochilish marosimida ishtirok etdilar.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2023-yilning 13-apreli kuni rasmiy tashrif bilan Bosniya va Gertsegovinaga keldi. Prezident Aliyev, Bosniya va Gersegovina Prezidentlik kengashi raisi Jelka Sviyanovich bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni strategik darajaga koʻtargan kelishuv imzolandi. Bosniya va Gertsegovina Bokuda elchixona ochish haqida qaror qabul qildi. 2023-yilning 11-apreli kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Bosniya va Gersegovina Xavfsizlik vaziri Nenad Neshichni qabul qildi. Bosniya va Gersegovina Prezidentlik kengashi raisi Jelka Sviyanovich ham bir oy oldin Ozarbayjonga tashrif uyushtirgandi. Ilhom Aliyevning sharq va gʻarbga uyushtirgan safarlari Ozarbayjonning xalqaro savdo va energiya sohalaridagi ahamiyatiga e’tibor qaratmoqda.

Ozarbayjon Milliy majlisi raisi Sohiba Gafarova joriy yilning 13-14-apreli kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 55-Parlamentlararo assambleyasida ishtirok etdi. Gafarova mazkur tashrifi doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazdi.

2023-yil 11-aprel kuni Armaniston Mudofaa vaziri Suren Papikyan Bryusselga boʻlgan amaliy tashrifi doirasida NATOning Yevropa ittifoqi kuchlari oliy qo‘mondonligiga uchradi. Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkiloti harbiy mashgʻulotlarini oʻz hududida oʻtkazishdan bosh tortgan Armaniston, 22-aprel kuni NATO bilan qoʻshma mashgʻulot oʻtkazishini ma’lum qildi. Bu bayonot Rossiya va Armaniston oʻrtasida keskinlik keltirib chiqardi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Armanistondan bu borada bayonot berilishini talab qilgan. Nomi tilga olingan NATO mashqlarida Gruziya bilan Moldova ham ishtirok etadi.

Huddi shu kuni Ozarbayjon-Armaniston chegarasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Ozarbayjondan 3, Armanistondan 4 askar halok boʻldi. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ikki kundan keyin 1991-yilgi chegaralarga qaytishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Boshqa tomondan, 2023-yilning 14-23-apreli kunlari Yerevanda boʻlib oʻtgan Ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionatining ochilishida armanlar Ozarbayjon bayrogʻini yoqib, provokatsiya qilishgan. Chempionatga kelgan 12 kishidan iborat Ozarbayjon jamoasi bu provokatsiyadan soʻng oʻz yurtiga qaytdi.

Gruziyada esa Prezidentlik apparati bilan hukumat oʻrtasidagi taranglik davom etmoqda. Oxirgi marotaba Prezident Saloma Zurabishvili hukumatni, 18-aprel kuni Yevroparlament ofisiga uyushtirishni rejalashtirgan tashrifini kechiktirishda aybladi. Hukumat esa Prezidentni yolgʻonchilikda aybladi.

Turkiya, Turk Respublikalari Prezidentlariga mahalliy v milliy “Togg” avtomobilini sovgʻa qildi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zlariga topshirilgan “Togg”ni xursandchilik bilan qabul qildilar. Qirg‘iziston avvalroq Turkiyaga o‘z yurtlarida “Togg” avtomobili zavodi ochishni taklif qilgandi.

 

 



Aloqador xabarlar