Bularni bilasizmi28-qism

Chanoqqal'a dengiz g'alabasi dunyo tarixida yozilgan eng buyuk g'alabalardan biri ekanligini bilasizmi?

1958229
Bularni bilasizmi28-qism

 

Chanoqqal'a dengiz g'alabasi dunyo tarixida yozilgan eng buyuk g'alabalardan biri ekanligini bilasizmi?

Birinchi jahon urushining eng muhim jabhalaridan biri bo'lgan Chanoqqal'adagi urushning boshlanishi va tugashi bilan dunyo tarixida hech qachon unutilmaydigan g'alabaning birinchi qadami bo'ldi.

1915-yilda Ittifoqchi davlatlar Chanaqqal’a boʻgʻozini kesib oʻtish va ittifoqdoshlari boʻlgan Rossiyaga yordam olib kelish va shu tariqa urushda Usmonlilarni yoʻq qilish uchun hech qachon magʻlub boʻlmagan ingliz dengiz floti bilan Usmonli imperiyasiga hujum qilishni rejalashtirgan edi. Ammo Antanta kuchlari uchun rejalashtirilgan hech narsa amalga oshmaydi. Usmonli imperiyasi 1915-yilning 18-martida Ittifoq kuchlari dengiz floti ustidan hal qiluvchi gʻalabaga erishdi va bu gʻalaba tarixga “Chanoqqal’a dengiz gʻalabasi” nomi bilan kirdi.

1916-yil 9-yanvargacha davom etgan  Chanoqqal’a urushlarida koʻplab qiziqarli voqealar qayd etilgan. Urush paytida har kvadrat metrga o'rtacha 6000 ta o'q tashlandi. Bu ko'rsatkich jahon urushi tarixidagi eng yuqori ko'rsatkichdir. Ikkita o'qning havoda to'qnashuvi ehtimoli 600 milliondan bir bo'lsa-da, bir nechta o'qlar jang maydonida juda yaqin pozitsiyalarda bo'lganligi sababli havoda to'qnashgan va bir-biriga bog'langan holda topilgan. Chanoqqal’a jangida turk armiyasi safida erkaklar bilan birga piyoda askar va mergan ayollar ham jang qilgan. Urush paytida askar Seyit O’nboshi  250 kilogrammlik uchta o'qni g'ayritabiiy kuch bilan orqasida ko'tarib, to'pga joylashtirgan.

Jang maydonini havodan kuzatib borgan Britaniyalik uchuvchi qirg‘oqdan 50 metr narida dengiz qizil qonga to‘lganini ko‘rib, bu uning hayotida ko‘rgan eng qo‘rqinchli voqea ekanligini aytadi. Bu urushda  tomonlar katta yo'qotishlarga uchragan boshqa urushlarda boshdan kechirgan  dardlar  bundan buyon dunyoning hech bir joyida boshdan kechirilmasligini istaydi.

Dasturni Mustafo Kamol Otaturkning: “Xalq hayoti xavf ostida bo'lmasa, urush  esa qotillikdir” degan so'zlari bilan yakunlamoqchimiz.


Tanlangan kalimalar: #G'alaba , #Urush , #Chanoqql'a

Aloqador xabarlar