Yevrosiyo kun tartibi - 24

Dasturimizning bugungi sonida Janubiy Kavkazda o‘tgan hafta kun tartibiga chiqqan muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

1944026
Yevrosiyo kun tartibi - 24

O‘tgan hafta Janubiy Kavkazda bir qancha muhim tashriflar qayd etildi. 

Shu doirada Misr Prezidenti Abdulfattoh as - Sisiy 2023-yilning 27-29-yanvar kunlari Janubiy Kavkazga tashrif uyushtirdi. Misr Prezidenti ushbu tashrifi chog‘ida eng avvalo Bokuda bo‘ldi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Prezident as - Sisiy 28 - yanvar kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ozarbayjon - Misr munosabatlari va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.

Abdulfattoh Sisiy Ozarbayjon ortidan 28 - yanvar kuni Armanistonga tashrif uyushtirdi. Prezident as-Sisiy Yerevanda Armaniston Prezidenti Vaagn Xachaturyan va Bosh vazir Nikol Pashinyan bilan alohida - alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida ta’lim, madaniyat, fan va sport kabi sohalarda hamkorlik shartnomalari imzolandi. Bu orqali Misr Prezidenti, Armanistonga birinchi tashrifini uyushtirgan bo‘ldi.

Joriy yilning 29-30 yanvari kunlari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Vengriyaga rasmiy tashrif uyushtirdi. 30-yanvar kuni Budapeshtda Prezident Aliyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimdan so‘ng ikki davlat prezidentlari Ilhom Aliyev bilan Katalin Novak o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi. Shu kuni Prezident Aliyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda kun tartibidagi masalalar, xususan, energetika masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida tomonlar oʻrtasida strategik hamkorlikni chuqurlashtirish boʻyicha 6 ta kelishuv va qoʻshma bayonot imzolandi. Liderlar orasida Ozarbayjon elektr energiyasining Qora dengiz orqali Yevropa davlatlariga yetkazib berilishi, Ozarbayjon tabiiy gazining Vengriyaga va Vengriya orqali boshqa Yevropa davlatlariga yetkazib berilishi borasida kelishuvga erishildi. Aliyev bilan Orban matbuot anjumani uyushtirdilar. Prezident Aliyev kelasi haftadan boshlab Vengriya kompaniyalari bilan Qorabog‘ni qayta tiklash bo‘yicha aniq loyihalarni muhokama qilishlarini bildirdi.

2-fevral kuni Ruminiya Prezidenti Klaus Yoxannis Ozarbayjonga rasmiy tashrif uyushtirdi. Prezident Aliyev bilan Prezident Yoxannis o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar, xususan, energetikaga oid masalalar muhokama qilindi.

3-fevral kuni Bakuda Ozarbayjon va Ruminiya Prezidentlari ishtirokida 9-Janubiy tabiiy gaz koridori vazirlar maslahat yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Unda Yevropa ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Turkiya, Gruziya, Vengriya, Bolgariya, Gretsiya, Albaniya, Moldova, Serbiya, Qorabogʻ, Ukraina va Xorvatiya vazirlari ishtirok etdilar.

O‘tgan haftada Janubiy Kavkaz davlatlarining Turkiya bilan bo‘lgan aloqalari ustidan ham muhim ziyoratlar amalga oshirildi. Turkiya Milliy ta’lim vaziri Mahmud O‘zer va parlament a’zolaridan iborat delegatsiya 1-fevral kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan onlayn tarzda qabul qilindi. Qabul chog‘ida ikki tomonlama aloqalar va ochilishi rejalashtirilgan Ozarbayjon-Turkiya universiteti qo‘lga olindi.

1-fevral kuni Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zakir Gasanov Turkiyaga tashrif buyurdi. Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akarning taklifi bilan Turkiyaga kelgan Gasanov, “Qishki mashg’ulotlar-2023” xalqaro harbiy mashg‘ulotlarni yaqindan kuzatdi.

Voqealardan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan hafta Janubiy Kavkaz davlatlarining kun tartibida muhim tashriflar qayd etildi. Ozarbayjon bilan Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarning munosabatlari mustahkamlanmoqda.

 



Aloqador xabarlar