Sog‘lom hayot formulasi: Jismoniy harakat
JSST 2030-yilga qadar qariyb 500 ming kishining jismoniy harakatsiz qolishlik yuzasidan turli kasalliklarga chalinishi mumkinligini tahmin qilmoqda.
Jismoniy harakatsiz qolish salomatlik jihatidan bir necha muammoga yo‘l ochmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2030-yilga qadar qariyb 500 ming kishining shu bois turli kasalliklarga chalinishi mumkinligini tahmin qilmoqda. Buning yechimi esa, muntazam ravishda jismoniy harakat bilan shug‘ullanishdir.
Insonlar ekran oldida ko‘p vaqt o‘tkazmoqda. Hatto qisqa masofalarga ham transport orqali yo‘l olmoqda. Savdo – sotiqni internet orqali amalga oshirish ishlari esa oxirgi vaqtlarda keng tarqadi. Zamonaviy turmush tarzi insonlar yukini kamaytirish bilan birga ayni vaqtda jismoniy harakatsizlikka yo‘l ochib, buning natijasida salomatlik jihatidan ko‘plab muammolariga zamin tayyorlamoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tayyorlangan hisobot ham buni tasdiqlamoqda. Dunyoning 194 davlatidan toʻplangan maʼlumotlar asosida natijaga erishilgan mazkur hisobotga koʻra, agar bunga chora koʻrilmasa, 2030 - yilgacha 500 mingga yaqin inson jismoniy harakatsizlik tufayli sogʻliq muammolariga duch keladi.
Xo‘sh, harakatsiz hayot tarzi nima uchun sog‘liq - salomatlik muammosi tug‘dirmoqda va qanday kasalliklarga olib keladi?
Semirib ketishning jismoniy faollik yetishmasligidan kelib chiqqan eng muhim kasallik ekanini ta’kidlagan Tibbiy fanlar universiteti Endokrinologiya va metabolizm kasalliklari o‘qituvchisi professor doktor Mazhar Muslum Tuna shunday deydi:
“Semirishni bitta kasallik emas, balki ko‘plab kasallikning boshlang‘ichi sifatida qabul qilishimiz mumkin. Semizlik bilan bog‘liq eng keng tarqalgan kasallik esa qandli diabetdir. Bundan tashqari yurak-qon tomir kasalliklari, gipertoniya, yurak xuruji va insultga olib kelishi mumkin. Albatta, bunday jismoniy kasalliklardan tashqari psixologik jihatdan ham ko‘plab kasalliklarni paydo qilish ehtimoli bor”.
Bu kasalliklarning barchasini oldini olish uchun sog‘lom ovqatlanish bilan birgalikda muntazam ravishda jismoniy faollik bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.
Chunki muntazam jismoniy faollik yuqori qon bosimi kabi yurak – qon tomir, qandli diabet, ko‘krak va yo‘g‘on ichak saratoni va hatto depressiya kabi kasalliklar xavfini ham kamaytiradi.
“Salomatlikni saqlash uchun qancha mashq qilish kerak?”
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va ko‘pgina uyushmalar haftasiga kamida 150, eng ko‘p 300 daqiqagacha jismoniy mashqlar qilishni tavsiya etadi. Bir kunda taxminan kamida 30, eng ko‘p 60 daqiqagacha piyoda yurish bu mashqni qoplaydi. Ammo bu yurish tez bo‘lishi kerak. Iloji bo‘lsa velosiped minish, yugurish yoki suzish ham yaxshi natija beradi.
Jismoniy harakat, depressiya xavfini ham kamaytiradi
Harakat qilish bo‘g‘inlarni, biriktiruvchi to‘qimalarni va suyaklarni mustahkamlaydi. Insulin qarshiligini kamaytiradi. Bu vazn yoqotishni ham osonlashtiradi. Shu yo‘l bilan u, qon shakarini va qon bosimini barqarorlashtiradi.
Va hatto muntazam va izchil bajarilgan mashqlar nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlik uchun ham foydalidir.
Eng yengil mashg‘ulotda ham birinchi daqiqadanoq insonning ma’naviyati yuksalib orom oladi, asablari tinchlanib, hayotiy kuchga ega bo‘ladi. Agar bu muntazam davom ettirilsa unda insonlarning uyqusi ham yaxshi qoniqadi.
Olimlarning fikriga ko‘ra nafaqat sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammosi borlar, balki, har bir kishi mashq qilish kerak. Buni turmush tarziga aylantirish muhimligiga e’tibor qaratgan professor doktor Tuna, bolalik davrida ko‘proq mashq qilishni tavsiya qiladi. Chunki u bolalikda ortgan vazn keyingi yillarda katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini qayd etmoqda.